Xonanda Dilfuza Ismoilova va boşqalarni çuv tuşirgan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Kun.uz’ga Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, keça, 29 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida 1970 yilda tuğilgan M.J.ga (ayol) sud hukmi öqilgan. Iş sudya Dilşod Komilov raisligida körib çiqilgan.

Sud hujjatiga köra, M.J. firibgarlik va hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş jinoyatlarini sodir qilgan. Sud işida Dilfuza Ismoilovadan taşqari yana 4 kişi jabrlanuvçi sifatida köratilgan. Sudlanuvçi ularni turli miqdordagi pul mablağlariga çuv tuşirgan.

Jumladan, Dilfuza Ismoilovaga yetkazilgan moddiy zarar miqdori 80 ming AQŞ dollarini taşkil etadi. Sudlanuvçi avvaliga xonandaning “gap”iga qöşilgan. Söngra özini sitrus mevalar savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkor sifatida körsatib, uning işonçiga kirgan. U çetdan kelayotgan sitrus mevalarning har bir yuk maşinasidan 25-30 ming dollar foyda olayotganini aytgan. Bunga işongan Dilfuza Ismoilova “Men ham biznes boşlamoqçi edim, yaxşi reja ekan, pul tikaman”, degan. Ular foydani teng bölişga kelişgan. Şu tariqa xonanda sudlanuvçining tuzoğiga tuşib qolgan.

Sud hukmi bilan M.J. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 6 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Şuningdek, sudlanuvçidan jabrlanuvçilarga yetkazilgan zarar, xususan, Dilfuza Ismoilova foydasiga 80 ming dollar undirilişi belgilangan.

Avvalroq xonanda Dilfuza Ismoilova 80 ming dollarga çuv tuşgani xabar qilingandi.