Bekobod şahri IIB binosida fuqaroni kaltaklab, uning ölimiga sabab bölgan IIB xodimiga sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1991 yilda tuğilgan Firdavs Muradullayev 2022 yil yanvar oyidan 2024 yil 1 iyulga qadar Toşkent viloyati IIBB uçinçi mintaqaviy hudud Bekobod şahar IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktika bölinmasi profilaktika inspektori lavozimida işlab kelgan. U huquqni muhofaza qiluvçi organ mansabdor şaxsi böla turib, mansab vakolati doirasidan çetga çiqqan.

2024 yil 19 iyun kuni soat 17:30 larda profilaktika inspektorlari tomonidan IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarşilik körsatgani sababli aka-uka Dilmurod va Dilşod Yusupvaliyevlar JIB Bekobod şahar sudi binosidan Bekobod şahar IIB ma’muriy binosiga kuç işlatib olib kelingan. Firdavs Muradullayev Yusupvaliyevlarni sörovxonaga olib kirmasdan, Dilmurod Yusupvaliyevning qöllarini orqaga qayirgan holda qaddini bukkan hamda qorin qismiga tizzasi bilan zarba bergan. Söngra Dilmurod Yusupvaliyevni yerga yiqitib, uning yuz va qorin qismlariga zarba berib, oğir tan jarohati yetkazgan.

Şundan söng Dilmurod va Dilşod Yusupvaliyevlarni vaqtinça uşlab turiş uçun öz vakolat doirasida şaxsan özi yoxud boşqa mansabdor şaxsning uşlab turiş uçun asos hisoblanuvçi qarori qabul qilinmaganini bila turib, IIB binosi içidagi VUTXga kiritişga erişgan. Oqibatda Dilmurod Yusupvaliyev voqea joyida vafot etgan.

Firdavs Muradullayev özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, VUTX içida Dilşod Yusupvaliyevning çap quloq sohasiga urgan. Şuningdek, Dilşod Yusupvaliyev VUTXdan ma’muriy bino koridoriga çiqib, profilaktika inspektori M.Imamqulov bilan suhbatlaşib turgan vaqtida ham çap yuzi va quloq qismiga ikki marotaba zarba bergan holda unga yengil tan jarohati yetkazgan.

Sudda Firdavs Muradullayev aybiga iqrorlik bildirmagan. U dastlabki tergov organi tomonidan notöğri ayblov e’lon qilinganini, Dilmurod Yusupvaliyevni tepmaganini, kamerada tepganga öxşab körinib qolganini, Dilşod Yusupvaliyevni tartibga çaqiriş uçun urib yuborganini aytib, jabrlanuvçilarning oilasidan keçirim söragan hamda moddiy va ma’naviy zararlarni tölaşga tayyorligini bildirgan.

Firdavs Muradullayevning aybi guvohlarning körsatmalari va boşqa dalillar bilan öz tasdiğini topgan.

Sud hukmi bilan Firdavs Muradullayev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jabrlanuvçining ölimiga sabab bölişi), 109-moddasi 1-qismi (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) va 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga IIB tizimida, davlat iştirokidagi taşkilotlarda rahbarlik hamda moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan.