Şaxsning ozodligini çeklaş, uyini tintuv qiliş, telefon suhbatlari va yozişmalarini eşitib turiş uçun suddan sanksiya olinişi şart. Özbekistonda yangi joriy qilingan tergov sudyalari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini jinoyat işi doirasida çeklab turiş masalasini körib çiqadi. Tergov sudyasi Behzod Möminov Kun.uz bilan suhbatda bu institutning vazifasi va qanday işlaşini tuşuntirib berdi.
Özbekistonda 2025 yil 29 yanvardan kuçga kirgan qonun bilan jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yurituv davrida fuqarolarning erkinliklarini çeklaş bilan boğliq protsessual qarorlarga sanksiya beriş vakolati – alohida taşkil qilingan tergov sudyalariga ötkazildi. Ayni vaqtda Özbekiston böylab 200 dan ortiq tergov sudyalari iş boşlagan. Ular, şuningdek ma’muriy huquqbuzarlik işlarini ham körib çiqmoqda. Kun.uz muxbiri Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudi tergov sudyasi Behzod Möminov bilan uşbu mavzu yuzasidan suhbatlaşdi.
– Tergov sudyasi lavozimini joriy qilişga qanday sabablar bor edi?
– Bu yaqinda paydo bölgan zarurat yoki taklif emas. Olimlar va ilmiy jamoatçilik bu taklifni 2000 yillardan boşlab ilgari surgan. Tahlillarga köra, jinoyat protsessida inson huquq va erkinliklarining buzilişi bilan boğliq holatlar jinoyat protsessining sudga qadar iş yuritiş bosqiçida köproq aniqlanadi. Şu vaqtga qadar sud nazorati umumyurisdiksiya sudlari tomonidan amalga oşirilgan. Ular ham hukm çiqargan, ham ma’muriy işlarni körgan, ham sudga qadar jarayonlar ustidan sud nazoratini amalga oşirgan. Sud nazoratidan keyin iş yuzasidan ham hukm çiqarsa, sudyaning xolisligiga savollar tuğilgan.
Bu borada qöşni davlatlar tajribasi ham örganilgan, mana Qozoğiston va Qirğizistonda ham tergov sudyasi lavozimi joriy qilingan. Va ular ijobiy samara bergan. Bundan taşqari, bugun butun dunyoda sudyalarni ixtisoslaştiriş «trend»ga çiqqan. Faqat muayyan, tor doiradagi işlarni köradigan sudyalar kamroq xato qiladi, işlari sifatli böladi. Öz yönalişidagi qonun normalarini qöllaş böyiça malakasi yuqori böladi. Tergov sudyalari ham aynan protsessual majburlov çoralarini qöllaş böyiça ham ixtisoslaşgan sudyalar, ular işni mazmunan körmaydi. Bu konstitutsiyaviy huquqlarni qöllaşdagi kafil böladi.
– Özbekiston sudlarida ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar eng köp köriladigan protsesslardan biri hisoblanadi. Endi asosiy vazifasiga qöşimça bunday işlarni ham köriş tergov sudyasining iş samaradorligiga qançalik ta’sir qiladi?
– Töğri, bunday işlar köp, boşqa davlatlarda ham tergov sudyalari MJtK doirasidagi işlarni körib çiqmaydi. Qaysidir ma’noda sud nazorati samaradorligiga ta’sir qiladi, umuman ta’sir qilmaydi, deb aytolmaymiz. Boşqa jihatdan har bir fuqaro tergovçining qarori ustidan sudga şikoyat qilişi mumkin. Bu ayni jinoyat protsessidagi sud nazorati hamdir. Qonunçilikka tergovçi yoki prokurorning qarorlari ustidan advokat, manfaatdor şaxslarning şikoyatlarini tergov sudyalari körib çiqişi vakolatini kiritiş kerak. Sud muhokamasida tergovçi yoki prokuror öz qarori qonuniyligini isbotlab berişi kerak. Agar şunday şikoyat qiliş tartibi joriy qilinsa, tergov sudyalariga ham iş yuklamasi oşişiga olib keladi. Keyinçalik bunga yeçim berilsa kerak, xususan ma’muriy huquqbuzarlik işlarini köradigan sudyalar ajralib çiqişi ham mumkin. Çunki hozirgi kunda ma’muriy huquqbuzarlik işlarining turi ham köpaygan. Bu ham sudyadan qöşimça bilimlar, yangi sohalardan ham xabardorlikni talab qiladi.
– Jinoyat protsessual kodeksining 382-moddasida nazarda tutilgan prokuror vakolatlari bilan yangi qöşilgan 31-1-moddadagi tergov sudyalarining vakolatlari bir-birini takrorlab qolmaydimi, ularning qanday farqi bor?
– Birinçi navbatda uning maqsadiga qaraşimiz kerak. Prokuror nazorati va sud nazorati örtasida nima farq bor, degan savol tuğiladi. Prokuror — jinoyatçilikning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşdagi davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiradi yoki sodda qilib aytganda, jinoiy ta’qibni amalga oşiriş uçun mas’ul. U köproq şaxsning manfaatlari bilan birga davlat va jamiyat manfaatlarini közlaydi.
Bu yerda tergov sudyasi, JPKning 31-1-moddasida ham yozilgan, şaxsning huquqlari nuqtayi nazaridan masalani körib çiqadi. Davlat manfaatlarini himoya qiliş uçun şaxs huquqini çeklaşga asos bormi-yöqligini körib çiqadi. Tergov sudyasi nazorati faqat unga prokurordan iltimosnoma kelib tuşganda amalga oşiriladi. Prokurorning nazorati esa tezkor xarakterga ega: u borib tergov hibsxonalarini tekşirişi mumkin yoki tergovçi, tezkor xodim qölidagi iş materiallarini, arizalarni tekşirişi mumkin. Nazorat xarakteriga va maqsadiga köra farqlanadi.
Prokuror ayblov xulosasini tasdiqlaydi va sudda ayblovni qöllab-quvvatlaydi. Ayblov uçun mas’ul bölgan prokuror noqonuniy ayblov qöyilgan bölsa, şikoyatni körib çiqadi. Ba’zi hollarda bu ikkita funksiya bir-biriga tösqinlik qilişi mumkin. Sud ayblov uçun mas’ul emas, u jinoyatçilik körsatkiçlari uçun ham mas’ul emas. U faqat qonunga böysungan holda, qonunda şaxsning huquqini çeklaş uçun asos bormi-yöqligini körib çiqadi.

– Uyni tintuv qilişga yoki ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş, telefon suhbatlarini eşitiş kabi hollarda tergovçilar yoki tezkor xodimlar birinçi bölib kimga murojaat qiladi? Sanksiyani prokuror beradimi yoki tergov sudyasi?
– Bunday vaziyatda, qamoq ehtiyot çorasini qöllaş, tintuv ötkazişi yoki boşqa protsessual majburlov çoralari lozim bölsa, tergovçi birinçi navbatda işni nazorat qilayotgan prokurorga iltimosnoma bilan çiqadi. Prokuror iltimosnomani va hujjatlarni örganib çiqadi. Iltimosnomaga rozi bölsa, uni tasdiqlab sudga beradi. Sud iltimosnomani qanoatlantiradi yoki rad qiladi. Bu yerda tergovçi ustidan ikkita bosqiçli nazorat mexanizmi joriy qilingan: prokuror tekşiradi va sud tekşiradi. Yuqorida aytganimdek, sud va prokuror boşqaçaroq rakursda tekşiradi.
Qamoqqa oliş ehtiyot çorasi yoki boşqa majburlov çorasini qöllaşga doir işlarni tergov sudyalari körişida ayblanuvçi va uning advokati ham yopiq protsessda qatnaşadi. Ya’ni muhokama böladi. Lekin tintuv, poçta, telegram jönatmalarni xatlaş, telefon sözlaşuvlari eşitişga doir sanksiya olişda tergov sudyasi işni yopiq köradi. Çunki bu tergov siri. Masalan, oçiq sud majlisida körilsa, «Palonçining uyida tintuv ötkaziş uçun, mana, sud sanksiya berarkan», deb hamma xabar topadi. Unda uyni yoki boşqa joyni tintuv qilişdan ma’no qolmaydi. Şuning uçun ham yopiq sud majlisida ayblanuvçi yoki gumonlanuvçining iştirokisiz, faqat prokuror iştirokida körib çiqiladi. Bu yerda tergov sudyasi fuqaroning manfaatlari tomonidan işga baho beradi, uning huquqlarini çeklaşga doir masala zaruratiga qarab ajrim çiqaradi.
Yana bir masala bor, agar keçiktirib bölmaydigan holatlarda tergovçi sud sanksiyasiz tintuv ötkazsa, demak 24 soat içida tintuv ötkaziş haqida materiallarni sudga beradi. Sud endi uni körib çiqib qonuniyligiga baho beradi: öşa holatda tintuv ötkaziş uçun asos bölganmi, yöqmi, tintuv qonuniy ötkazilganmi, yöqmi. Agar noqonuniy ötkazilgan bölsa, aytaylik, tintuv natijasida işga aloqador birorta dalil olinadi. Sud şu masalaga baho berib, tintuv ötkaziş uçun asoslar bölmagan bölsa, tintuv noqonuniy, jarayonda olingan dalillar ham nomaqbul dalil deb topadi. Bundan taşqari, uyda tintuv ötkazilgan şaxsga sud qarori ustidan apellyatsiya şikoyati beriş huquqi bor. Apellyatsiya instansiyasi örganib çiqadi: haqiqatda asos bölganmi, şaxsiy turar joy daxlsizligini buziş uçun yoki asos bölmaganmi.
Töliq suhbat bilan yuqoridagi videoda tanişib çiqişingiz mumkin.
Farrux Absattarov suhbatlaşdi.







