Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari - Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisining funksional vazifalari va Xotin-qizlar va oilani qöllab-quvvatlaş, FHDYo organlari bilan işlaş masalalari kotibiyati töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari - Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisining funksional vazifalari töğrisidagi nizomga köra, boş vazir örinbosari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi tomonidan ma'qullangandan keyin Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Boş vazir örinbosari Özbekiston Respublikasi Prezidentiga va Özbekiston Respublikasining boş vaziriga hisobot beradi.

Boş vazir örinbosarining faoliyati xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oşiriş, yordamga muhtoj bölgan va oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, xotin-qizlarni işga joylaştiriş va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta'minlaş, jinoyat sodir etişga moyil bölganlar bilan yakka tartibda iş olib boriş orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarlikning barvaqt profilaktikasi, onlayn mustahkamlaş, ajralişlarning oldini oliş, tuğiliş va nikohni öz vaqtida röyxatdan ötkaziş, tarğibot va ma'rifat çora-tadbirlari masalalarida davlat siyosati samarali amalga oşirilişini ta'minlaşga yönaltirilgan.

Boş vazir örinbosari maqomiga köra Özbekiston Respublikasi Hukumatining a'zosi hisoblanadi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. Boş vazir örinbosari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita iştirok etadi.

Quyidagilar boş vazir örinbosari faoliyatining asosiy yönalişlari hisoblanadi:

vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari tomonidan Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari. parlament va deputat sörovlari, Özbekiston Respublikasi prezidenti hujjatlari va topşiriqlari bajarilişi monitoringini olib boriş, şuningdek, joylarda işlarning real holatini muntazam örganiş, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiliş hamda şu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oşiriş yuzasidan kompleks takliflar işlab çiqiş;

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi vazifalari, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi, Özbekiston Respublikasini 2030 yilga kadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş konsepsiyasi hamda örta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirişning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining öz vaqtida va samarali amalga oşirilişini ta'minlaş çora-tadbirlarini taşkil etiş;