Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya yangi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi haqida xabar qilindi
AQSh va Janubiy Koreya hamkorligidagi yillik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari 4-12 mart kunlari bo‘lib o‘tadi va Key Resolve nomi o‘rniga "Tonmen" deb nomlanadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Ryonxap agentligi xabar qildi.
"Key Resolve nomi ostida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari "Tonmen" deb nomlandi. Mashg‘ulotlar dam olish kunlaridan tashqari yetti kun davomida o‘tkaziladi", - deyiladi Ryonxap xabarida.
Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayanib Amerika harbiylari Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlar ko‘lamini qisqartirmoqchi ekanligini xabar qilgandi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlar qimmatligi uchun ulardan voz kechganini bildirgandi.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026