Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina YeI bilan vizasiz rejim va XVJ yordamidan mahrum bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirildi
Transparency International korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro tashkiloti Ukrainani Yevroittifoq bilan vizasiz rejim va Xalqaro valuta jamg‘armasining moliyaviy yordami muzlatib qo‘yilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda tashkilot saytida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.
Tashkilotning ta'kidlashicha, agarda Ukrainada mansabdorlarning noqonuniy boyishi yuzasidan javobgarlik bo‘yicha qonun normalari tiklanmaydigan bo‘lsa, ana shu choralar ko‘riladi.
"Korrupsiyada ayblangan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilishi, huquq ustuvorligi esa tiklanishi shart. Agarda bunga yechim topilmasa, mamlakatning Yevroittifoq bilan vizasiz rejimi va Xalqaro valuta jamg‘armasining moliyaviy yordami muzlatib qo‘yilishi mumkin, bu esa mamlakat iqtisodiy rivojiga to‘sqinlik qiladi", — deyiladi bayonotda.
Transparency International bayonotida ta'kidlanishicha, Ukraina hukumatining harakatlari mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashni zaiflashtirmoqda.
Avvalroq Ukraina Konstitutsion sudi Jinoyat kodeksidagi noqonuniy boyish to‘g‘risidagi moddani konstitutsiyaga xilof deb topgan va bekor qilgandi.
Ukrainada Jinoyat kodeksiga noqonuniy boyish to‘g‘risidagi modda 2015 yilda Yevroittifoq hamda XVJ talabi bilan kiritilgandi.
Mavzuga oid
11:25
Ukraina Rossiya gaz infratuzilmasiga ham zarbalarni kuchaytirmoqda
10:10 / 08.07.2026
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
09:55 / 07.07.2026