Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada Guaydo mamlakatga qaytsa qo‘lga olinishi aytildi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Venesuela chegarasini kesib o‘tib, mamlakatga qaytishga urinsa qo‘lga olinadi. Bu haqda Vargas shtati gubernatori Xose Luis Garsia Karneyro aytib o‘tdi. Karneyro uzoq yillar davomida mamlakatning marhum prezidenti Ugo Chavesning yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan, 2004-2011 yillar davomida Venesuela mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.
“Venesuela oliy sudi unga mamlakatdan chiqishni taqiqlagandi, u bo‘lsa bu qarorga amal qilmagan. Sud qaroriga ko‘ra, u chegarani kesib o‘tishga urinsa, qo‘lga olinishi kerak”, deb javob qilgan Karneyro Guaydo u boshqarayotgan shtat orqali qaytishga urinsa u bilan nima bo‘lishi haqidagi savolga.
22 fevralda mamlakatni tark etgan Guaydo 4 yoki 5 mart kuni Venesuelaga qaytmoqchiligini aytgan. Hozircha u buni qanday amalga oshirmoqchiligi noma'lum. U aviareysdan tashqari, Venesuelaga xususiy samolyotda yoki gumanitar karvon yordamida chegarani kesib o‘tishga urinishi mumkin.
Karneyroning aytishicha, mamlakat qurolli kuchlari isyonga chaqiriqlarga qaramay qonuniy hukumatni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026