Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida uy-joyga muhtoj ayollarga - kalitlar, faol ayollarga ko‘krak nishoni topshirildi
Toshkent viloyati Ohangaron shahrida uy-joyga muhtoj ayollarga xonadonlar kalitlari tantanali topshirildi. Shu bilan birga, viloyatning faol ayollari "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.


Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan faol, fidoyi ayollar Ohangaron shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishgach, Nurafshon shahrida Ona haykal poyiga gul qo‘yishdi va shu tariqa ayollar hamda onalarga hurmat bajo keltirishdi.

Shundan so‘ng xotin-qizlar "Oila" ilmiy-amaliy markazi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari faoliyati bilan tanishishdi.
Toshkent viloyati bayram tantanalari Nurafshon shahrida davom etdi. Unda viloyat hokimi G‘ulomjon Ibragimov ishtirok etib, barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutladi.

Tadbirda hukumat tomonidan "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan ayollarga ushbu yuksak mukofot tantanali ravishda topshirildi. Bundan tashqari, viloyatning faol va fidoyi ayollari faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026