Özbekistonda yana Gulnora Karimova mavzusi barçaning diqqat-markazida bölib turibdi. Respublika Boş prokuraturasi unga nisbatan qöllanilgan jazo ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştirilgani töğrisida axborot berdi.

Mahkama xabarida aytilişiça, G.Karimova jazoni ötaş davrida sud tomonidan örnatilgan çeklovlarni muntazam ravişda buzib, öziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan. U jazoni ötaş tartibi va şartlarini qasddan buzişda davom etgan, muntazam ravişda aloqa vositalaridan, şu jumladan, Internetdan foydalangan, jinoyat işi böyiça aniqlangan özi tomonidan yetkazilgan zararning qoplanişiga faol tösqinlik qilgan.

Bir qaraşda oddiydek tuyulgan majburiyatlar bajarilmagan. Öz navbatida, G.Karimovaning öğli Islom sönggi vaqtlarda onasiga bosim bölayotgani haqida jar solgandi. Biroq, Karimovaning özi belgilab qöyilgan tartibni buzib, majburiyatlarini bajarmasa, yana qanday bosim haqida gapiriş mumkin?!

2017 yilning yozida Özbekiston Boş prokuraturasi Gulnora Karimova işi böyiça ma'lumot berdi. U 2015 yilning avgustida, ya'ni birinçi prezident Islom Karimov davrida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va ozodlikdan mahrum etilgan.

Sir emaski, sönggi vaqtlarda Gulnora Karimovaning öğli qator bayonotlar bilan çiqdi. Öz-özidan savol tuğiladi: nima uçun uning öğli Londonda istiqomat qilib, Özbekistonda onasi bilan bölayotgan holatga balandparvoz bayonotlar bilan javob qaytarmoqda? Özbekistonga kelib, haqiqiy holat bilan tanişiş vaqti yetgandir, balki. Yoki u şunday tarzda iş tutib, nimalarga xalaqit bermoqçi?!

Oddiy fuqaroda şunday tasavvur paydo böladiki, Islom va G.Karimovaning qizi Imon öz vaqtida reyderlik va talon-taroj yöli bilan orttirilgan hamda Özbekistondan olib çiqib ketilgan, ayni damda çet el banklarida saqlanayotgan pullarni Özbekiston budjetiga qaytarilişiga qattiq tösqinlik qilişayotgandek. Tinimsiz balandparvoz bayonotlar bilan çiqişlar qilinişi şundan darak bermoqda.

Boz ustiga, Imon va Islomning inson huquqlari toptalib orttirilgan boyliklarini himoya qiliş uçun kun tartibiga inson huquqlarini peş qilib, özlarini himoya qilişga urinişlari juda ham kulgili. Ayniqsa, Londonda istiqomat qilib.

Şu narsa aniqki, Özbekistonda bugungi kunda Gulnora Karimova tomonidan talon-toroj etilgan va öz haqlarini qaytarib ololmagan yuzlab kompaniya hamda minglab kişilar bor. Ular sabr qilib, adolat qaror topişiga umid qilib yaşayapti.

Gulnora Karimova va uning öğli hamda qizi nima uçun kuraşayotganini aniq tuşuniş uçun, u tomonidan talon-taroj qilingan, minglab tadbirkorlardan reyderlik yöli bilan egallab olingan boyliklarning yuzdan bir qismiga qaraş kifoya qiladi.