2025 yil 28 mart kuni Bryussel prokuraturasi jinoyat yöli bilan olingan mol-mulklarni musodara qiliş va boşqariş markaziga (COIV) 108 million dollarni Belgiya davlat budjetiga ötkazişni sörab murojaat qilgan. Bu mablağlar butunlay Belgiya davlatiga foydasiga musodara qilingan bölgan.
Ma’lum bölişiça, korrupsiya, telekommunikatsiya şartnomalari tuzişda noqonuniy komissiya oliş va pul yuviş jinoyatlari yuzasidan ötkazilgan tergovdan söng, Özbekiston adliya organlari Bryussel prokuraturasiga özaro xalqaro huquqiy yordam sörab murojaat qilgan.
«BMTning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça konvensiyasiga asoslangan uşbu rasmiy xalqaro murojaat asosida, Özbekiston hukumatining iltimosi bilan Belgiyada jami 200 million dollar musodara qilindi», deyiladi prokuratura bayonotida.
Bryussel sudi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar örtasida şu turdagi aktivlarni bölişiş töğrisidagi qoidalariga asoslanib, musodara qilingan pul va uning hisoblangan foizlarini Belgiya va Özbekiston örtasida taqsimlanişi haqida qaror çiqardi. Unga köra, sud Özbekiston tomoniga 108 million dollar yuborişga qaror qilgan.
Belgiya tomoni rasmiylari uşbu mablağlar qaysi jinoyat işi doirasida hamda kimlardan musodara qilinganiga aniqlik kiritmagan.
Kun.uz Özbekiston Adliya vazirligiga uşbu jinoyat işi va unda musodara qilingan aktivlar yuzasidan sörov yubordi.
2022 yilda Adliya vazirligi Gulnora Karimova va u boşçiligidagi uyuşgan jinoiy guruhning Belgiya qirolligida ham aktivlar joylaşgani, ularni qaytariş maqsadida, Özbekiston mutasaddi taşkilotlari hamda Belgiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasida hamkorlik yölga qöyilganini aytgan edi.
«Belgiyada tergov jarayoni tugamagani sababli (tergov siri), uşbu aktivlar haqida köp ma’lumot oşkor qiliş imkoniyati mavjud emas», degandi Adliya vazirligi rasmiysi. Gulnora Karimova va uning jinoiy şeriklari tomonidan noqonuniy orttirilgan va Özbekistondan olib çiqilgan aktivlarning umumiy qiymati qariyb 1,3 mlrd dollarini taşkil etadi.
Hozirgi kunda ularni qaytariş böyiça iş olib borilmoqda. Xususan, Özbekiston hukumati va Şveytsariya federal kengaşi örtasida imzolangan












