Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 1972 yilda tuğilgan Gulnora Islomovna Karimovaga 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Boş prokuratura xabariga köra, insonparvarlik nuqtai nazaridan hamda mahkuma jinoiy yöl bilan orttirilgan pul mablağlarini qaytariş va davlatga yetkazilgan zararni qoplaş majburiyatlarini öz zimmasiga olganligini e'tiborga olgan holda, jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2018 yil 1 iyuldagi ajrimi bilan G.Karimovaga tayinlangan jazo 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga almaştirilgan. Ozodlikni çeklaş jazosini ötaş joyi etib mahkuma G.Karimovaning öz tanloviga köra, qizi Imon Karimovaning yaşaş joyi belgilangan.

Şu bilan birga, mahkuma G.Karimova zimmasiga qonunçilikda nazarda tutilgan qator çeklovlar, şu jumladan, yaşaş joyidan çiqib ketmaslik, aloqa vositalaridan va Internetdan foydalanmaslik hamda zararni qoplaş majburiyati yuklatilgan.

Mahkuma G.Karimovaga ozodlikni çeklaş jazosini ötaşdan qasddan böyin tovlagan, şuningdek, sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud jazoning ötalmay qolgan muddatini boşqa jazo bilan almaştirişi mumkinligi tuşuntirilgan.

Lekin mahkuma G.Karimova jazoni ötaş davrida sud tomonidan örnatilgan çeklovlarni muntazam ravişda buzib, öziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan, deyiladi xabarda.

Xususan, mahkuma G.Karimova 2018 yil 22 noyabr kuni yaşaş joyidan özboşimçalik bilan çiqib ketgan hamda jazoni ötaş tartibi va şartlarini buzmaslik haqida ogohlantirilgan.

Ogohlantirişga qaramasdan, G.Karimova öziga tegişli xulosa qilmasdan, jazoni ötaş tartibi va şartlarini qasddan buzişda davom etgan, xususan:

muntazam ravişda aloqa vositalaridan, şu jumladan, Internetdan foydalangan;

jinoyat işi böyiça aniqlangan özi tomonidan yetkazilgan zararning qoplanişiga faol tösqinlik qilgan.

G.Karimova jazoni ötaş tartibi va şartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunçiligiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 yil 5 martda jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning ötalmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan almaştirilib, umumiy tartibli koloniyada ötaşi belgilandi.