6 fevral kuni Toşkent şahrida Özbekiston adliya vaziri Akbar Toşqulov hamda Şveytsariyaning Özbekistondagi elçisi Konstantin Obolenskiy örtasida «Musodara qilingan aktivlarni taqsimlaş töğrisidagi bitim» imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bitim doirasida taxminan 182 million dollar miqdoridagi mablağlar Özbekistonga qaytarilişi belgilangan. Mazkur mablağlar Özbekistonning ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan bölib, 2012 yilda Şveytsariya boş prokuraturasi tomonidan G.Karimovaga nisbatan qözğatilgan jinoyat iş yurituvi doirasida tölaqonli musodara qilingan edi», deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinişiça, mablağlar BMTning «Uzbekistan Vision 2030 Fondi» Köp şeriklik trast jamğarmasi orqali qaytariladi.
2022 yil 16 avgustda Şveytsariyaning Bern şahrida Özbekiston va Şveytsariya örtasidagi «Şveytsariya Konfederatsiyasi hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Özbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yölida qaytariş usullari töğrisidagi bitim» imzolangandi. Uşbu bitim noqonuniy orttirilgan aktivlarni BMTning «Uzbekistan Vision 2030 Fondi» deb nomlangan Köp şeriklik trast jamğarmasi orqali Özbekistonga qaytariş mexanizmi hamda asosiy tamoyillar va maqsadlarni belgilaydi.
Mazkur işlar doirasida 2022 yil avgustda imzolangan birinçi bitim taxminan 131 mln dollar miqdoridagi mablağlar Özbekistonga qaytarilişini nazarda tutadi. Yangi bitim imzolanişi bilan Özbekiston aholisining manfaatlari yölida qaytarilgan mablağlarning jami miqdori 313 million dollarga yetadi.
«Uzbekistan Vision 2030 Fondi» orqali qaytarilayotgan mablağlar Özbekiston aholisi manfaatlari uçun, xususan soğliqni saqlaş va ta’lim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oşirişga yönaltirilişi aytilmoqda. Fond va uning loyihalari töğrisidagi ma’lumotlar oçiq manbada özbek va ingliz tillarida fondning rasmiy veb-saytida joylaştirilgan.

















