Har xil ğalabalar böladi. Töğri taktika asosida qölga kiritilgan natija... Yoki qaysidir futbolçining individual mahorati taqdim qiladi ba'zida golni. Ba'zi paytlarda şijoat, iroda yordamida ham ğalaba qozoniş mumkin. Ha, har qanday muvaffaqiyatda bu omillardan qandaydir uluş bor, ammo masalan, «Manchester Yunayted»ning keçagi qahramonligi avvalo nimaning hisobiga yuzaga kelgani haqida öylay boşlasam, bir söz xayolga keladi – ReJA!
«Old Trafford»dagi juda yomon natija va tarkibdagi juda köp muammolar tufayli, Sulşer bemalol YeÇL jamoa uçun yakunlanganini aytişi va asosiy e'tibor APLga qaratilişini aytişi mumkin edi. Uni heç kim ayblamasdi ham. Ammo murabbiy unday qilmadi, rostdan ham, imkon borligida oxirigaça kuraşmay turib, yanagi yilgi YeÇL yöllanmasi uçun kuraşişdan ne mantiq? Beixtiyor ser Aleks Fergyusonning 20 yil oldin «Bavariya»ga qarşi final tanaffusida şogirdlariga aytgan gaplari esga tuşadi:
«Siz hozir kubokdan ellik metr uzoqda turibsiz xolos. Unga teginiş, uşlab köriş uçun bugun bor imkoniyatni işga solmay turib, ertaga yana bu sovrin uçun qaytiş haqida öylamang!».
Xullas, Ole Parijdagi javob öyini haqida fikrlar boşlanişi hamono oxirigaça kuraşiş, hisobni özgartirişga uriniş haqida ayta boşladi. «Çöqqilar ularni zabt etiş uçun bor» – Sulşerning bu sözlari şunçaki, balandparvoz ibora emas, rejaning bir qismi ekani öz isbotini topdi.
Töğri, keça öşa yarimta penalti belgilanmasligi, Parij ertaroq öyin taqdirini hal qilişi, umuman uşbu Çempionlar Ligasidagi «MYu» hammaning yodidan çiqib ketişi mumkin edi. Hammasini qandaydir soniyalar, vaziyatlar hal qilib yuborgan öyinda reja haqida aytiş biroz eriş tuyular balki, ammo murabbiyning öyindan oldingi sözlariga e'tibor bering:
«Hali hammasi tugagani yöq. Biz öyinning oxirgi qismida ham öyinda bölişimiz kerak. Agar bunga erişsak, sönggi daqiqalarda bosim qila olamiz. U yerda esa, har qanday voqea sodir bölişi mumkin».
APL jamoalari buni yaxşi tuşunişadi. E'tibor bersangiz, liga öyinlarida raqib har qança kuçli bölmasin, jamoalar sönggi daqiqalargaça «öyinda böliş»ga harakat qiladilar, ya'ni bir töp farqidan oşib ketmasa böldi. Baribir sönggi daqiqalarda bosim uyuştiriş, sönggi hujumlar yomğirini amalga oşiriş imkoniyati böladi. Uyoği birgina standart, birgina zarba, birgina VAR hammasini özgartirib yuborişi heç gap emas.
Sulşer ham şuni nazarda tutgandi. Keça hisob 1:2 bölganida Xayrulla Hamidov qönğiroq qilib, «könglim sezib turibdi, «MYu» keyingi bosqiçga çiqadi» deganida ham, «işqilib, oxirgi ön daqiqagaça şu hisob saqlanib tursin-da» deb javob bergandim. «Yunayted»da ğalaba uçun yagona ehtimol şu ekanini murabbiy ham bilardi albatta. Sulşer Parijga xuddi şu reja bilan keldi va epladi.
«Old Trafford»dagi öyinda aynan öyin uçun reja quriş Sulşerda asosiy muammo keltirib çiqarganini eslasangiz kerak. «Neymar va Kavani soğ bölganlarida menga osonroq bölardi, çunki öşanda raqibning imkoniyatlarini çamalab, ularga qarşi reja quriş mumkin bölardi. Hozir ulardan nima kutişni bilmayapman va bu qiyinroq», – degandi öşanda norvegiyalik murabbiy.
Rostan ham, Tuxel Markinosni markazga, Alveşni deyarli hujum çiziğiga ötkazib, öziga xos syurpriz tayyorlagan, mezbonlar «PSJ»ning haqiqiy kuçini qanday ölçaşni bilmay qolişgandi. Keça esa, aksinça böldi. «PSJ»ning qanday va kimlar bilan öynaşi mumkinligini Sulşer bilardi, bu borada endi Tuxelga qiyinroq bölib qolgandi.
Aslida gol mehmonlarga kerak bölgan paytda ham asosiy e'tiborni himoyaga e'tibor qaratiş – reja. Sönggi pallada esa, Perreyra örniga Çong, Yang örniga Grinvud (Çong, Grinvud, nimalar deyapman, kim özi ular?) tuşirilişi aynan öşa sönggi bosim uçun taşlangan qadam edi. Menimça, agar «Yunayted» golni ertaroq urganida, imkoniyat kamroq bölardi, çunki Parij bor kuçi bilan, yanada şiddatli hujumga ötar va gol urib ruhiy ustunlikka erişardi. Keça esa, göyoki tabloda «PSJ» qoniqtiradigan hisob, ammo birgina gol «Yunayted»ni ğolibga aylantiradi – bu bosimda öynaş mezbonlarga oson bölmadi. «Yunayted» öziniki bölmagan öljani poylar, «PSJ» esa, qölida turgan yutuqni yöqotişdan qörqardi. Bunday holatda «PSJ»ga qiyinroq bölgani tayin.
Umuman, «PSJ» futbolçilarning individual xatolaridan taşqari, biror narsani notöğri qildi, deb öylamayman. Öyinga bölgan munosabat, tanlangan taktika böyiça heç qanday e'tiroz bölişi mumkin emas. Şuning uçun, «Kamp Nou»dagi 1:6 hisobini eslaş örinsiz, öşanda «PSJ» aynan öyinga bölgan munosabati tufayli mağlub bölganini hamma e'tirof etgandi. Keça unday bölmadi, «PSJ» öyinga yetarliça jiddiy yondaşdi. Hisobdagi özgarişlarga ham töğri reaksiya berdi, imkon qadar ikki töp farqini uşlaş, ya'ni öşa öyin oxirlarida «MYu»ni öyinda qoldirmaslikka urindi. Ammo bu futbol va raqib ham öz vazifasini maydonda yaxşi uddalaganini aytiş kerak.
Sulşerga esa, faqat qoyil qoliş mumkin. Uning Fergyusondan keyin Mançesterda işlagan boşqa murabbiylardan asosiy farqi şundaki, Sulşer atrofdagilarni öziga emas, ğoyalarga işontirişga harakat qilmoqda. Bir inson emas, bir ğoya atrofida birlaşiş esa, doim samaraliroqdir. Öyindan keyin murabbiy özining öxşab qolgan rejasi yoki taktikalari haqida maqtanmadi. Javob qisqa böldi:
«This is what we do. We are Manchester United»
«Biz «Manchester Yunayted»miz. Bizning işimiz şu».
Qahramon Aslanov













