Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda eng ko‘p qidirilayotgan qotillardan biri qo‘lga olindi
AQShning Merilend shtati politsiyasi eng ko‘p qidirilayotgan o‘n nafar jinoyatchidan biri bo‘lgan Lamont Stefensonni qo‘lga oldi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi.
Stefenson yuk mashinasi ichida uxlayotgan shubhali shaxs haqida xabar qilinganidan so‘ng qo‘lga olingan.
Nashrning yozishicha, Stefenson birinchi qotillikni 2014 yilda amalga oshirgan. O‘shanda u sobiq sevgilisini o‘ldirgan.
Huquqni muhofaza qilish organlarida qotilning barmoq izlari bo‘lmaganligi sababli qidiruv murakkablashgan. Ularda qotilning faqatgina fotosurati bo‘lgan.
Bundan tashqari, Stefenson o‘tgan haftada Vashingtonda yana bir qizni o‘ldirishda gumonlanmoqda.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026