Jahon | 08:45 / 09.03.2019
12312
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada Rossiya tahdidi terrorizm bilan tenglashtirildi

Foto: Dado Ruvic / Reuters

Chexiya tashqi ishlar vaziri Lubomir Metnarning ma'lum qilishicha, Rossiya NATO mamlakatlari uchun uchta eng yirik tahdidlardan biri hisoblanadi. Uning so‘zlari Chexiyaning Týden nashri tomonidan keltirilgan.

«NATOga a'zo bo‘lgan davlatlar uchun eng katta tahdid terrorizm sanaladi, xususan, mahalliy terrorchilik tashkilotlarning global kengayishi xavfi bor. Ikkinchi o‘rinda kiberhujumlar xavfi, uchinchi o‘rinda esa - Rossiya», - deya qayd etib o‘tdi u.

Biroq, tahdidlarning joylashuv tartibi juda muhim emas, deya ta'kidlaydi TIV rahbari. Bildirilishicha, bunga sabab - ularning dinamikasi tez o‘zgarishi mumkin.

Vazirlik rahbarining aniqlik kiritishicha, Rossiya armiyani qayta qurollantirish, qo‘shinlarni ko‘chirish, shuningdek, ko‘p sonli harbiy mashqlar o‘tkazish tufayli alyans davlatlariga xavf tug‘diradi. Bundan tashqari, Rossiya tahdidi «sobiq sotsialistik blokning boshqa mamlakatlariga ta'sir qiladigan voqealar» bilan bog‘liq.

Metnarning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi ish olib borayotgan - dunyodagi xavf-xatarlarning batafsil tahlili yakuniy bosqichda turibdi.

Bundan oldin, Putinning reytingi oxirgi 13 yilda eng minimal darajaga tushib ketgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid