Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chaqmoq futbol jamoasining deyarli barcha o‘yinchilarini hushidan ketkazdi
foto: pixabay.com
Braziliyaning “Nasional de San-Domingush” futbol klubi o‘yinchilari mashg‘ulot vaqtida maydonga chaqmoq urilgandan keyin hushdan ketishdi. Bu haqda Globo telekanali xabar berdi.
Voqea 8 mart kuni Santa-Kiteriya shahrida yuz bergan.
Guvohlarning aytishicha, mashg‘ulot mahalliy vaqt bilan 17:30da boshlangan va 3 daqiqa o‘tib o‘yinchilar chaqmoq urishi sababli gazonga yiqilishgan.
“Men yorqin chaqnoqni ko‘rdim va maydonda bo‘lganlarning barchasi yiqilib tushishdi. Men ular o‘lib qoldilar deb qo‘rqib ketdim”, deb ma'lum qilgan jamoa a'zosi Elton Mendonsa Borjyes. Uning o‘zi chaqmoq urgan vaqtda maydonda bo‘lmagani sabab jarohat olmagan. Futbolchi voqea vaqtida yomg‘ir yog‘magani va gazon quruq bo‘lganini ma'lum qilgan.
Chaqmoq zarbasini chetroqda mashq qilayotgan boshqa jamoa o‘yinchilari ham his qilishgan. “Bizlar ham yerga yiqilib tushdik”, deb ma'lum qilgan “Kruzeyra-de-Areyya” jamoasi o‘yinchisi Elio Shimenes va uning jamoadoshlariga tibbiy yordam talab etilmaganini qo‘shimcha qilgan.
“Nasional”ning bir qism o‘yinchilari voqea guvohlari tomonidan ularga ko‘rsatilgan yurak-o‘pka jonlantirishidan keyin o‘zlariga kelganlar. 3 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Ularga motorikaning qisman yo‘qotilishi, ko‘rish funksiyalarining buzilishi va lat yeyish tashxisi qo‘yilgan. Ular keyinroq ko‘rikdan o‘tkazilgach, shifoxonadan chiqarib yuborilganlar.
Mavzuga oid
07:36 / 29.12.2025
Braziliya qanchalik katta? Infografikada haqiqiy ko‘lam
08:24 / 15.12.2025
O‘zbekiston va Braziliya qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qildi
15:54 / 10.12.2025
Toshkentda Braziliyaning yangi elchisi faoliyatini boshladi
19:41 / 22.11.2025