Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Efiopiyadagi aviahalokatda hech kim omon qolmagan
Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasi samolyoti bilan sodir bo‘lgan aviahalokatda hech kim omon qolmagan. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.
Avvalroq Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali halokatga uchragan Boeing 737 bortida 149 nafar yo‘lovchi va ekipajning 8 a'zosi, jami 157 kishi bo‘lganligi haqida ma'lum qilgandi.
Ma'lumot berilishicha, samolyot Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan Keniya poytaxti Nayrobiga yo‘l olgandi.
Hukumat fojia oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, samolyot bortida 3 nafar rossiyalik, 9 nafar amerikalik, 7 nafardan britan va fransuz ham bo‘lgan.
Bu yangi avloddagi Boeing 737 samolyoti bilan bog‘liq ikkinchi halokatdir. 2018 yilning oktyabrida shunday rusumdagi layner Indoneziyada qulab tushgan, o‘shanda 189 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026