Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 rusumli yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi.
Mamlakat bosh vaziri Abiy Ahmad Alining ma'lum qilishicha, samolyot bortida 149 nafar yo‘lovchi va ekipajning 8 a'zosi, jami 157 kishi bo‘lgan. Halokatdan omon qolganlar borligi haqida ma'lumot yo‘q.
Reys Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan Keniya poytaxti Nayrobiga yo‘l olgandi.
Hukumat fojia oqibatida yaqinlarini yo‘qotganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.









