Jahon | 17:31 / 12.03.2019
6504
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Nyu-York prokuraturasi Trampning qurilish loyihalari ustidan tekshiruv boshladi

Foto: Jonathan Ernst / Reuters

Nyu-York bosh prokuraturasi Deutsche Bank va Investors Bank banklariga Trump Organization kompaniyasining to‘rtta yirik loyihasi moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishini so‘rab murojaat qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib New York Times xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, prokuratura AQSh prezidentining sobiq advokati Maykl Koen kongressga ko‘rsatma berganidan so‘ng tekshiruv boshlagan. U Donald Tramp o‘z moliyaviy hisobotlarida aktivlari – jumladan, Deutsche Bank bankiga taqdim etgan loyihalari qiymatini oshirib ko‘rsatganini bildirgan. Advokat shuningdek, kongressga ushbu hujjatlarning loyihasini ko‘rsatgan.

Nashrning xabar berishicha, prokuratura Vashingtondagi Trump International Hotel, Florida shtatidagi Trump National Doral mehmonxonalari, Chikagodagi Tramp minorasiga oid kreditlar, ipoteka va boshqa moliyaviy o‘tkazmalarga qiziqmoqda. Shu bilan birga huquqni muhofaza qilish organlarini Trampning «Baffalo Bills» futbol jamoasini sotib olishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishi ham qiziqtirmoqda.

Tramp Deutsche Bank’ning AQShdagi bo‘limi va Nyu-Jyersidagi Investors Bank bilan ishlagan, deb yozadi nashr. Deutsche Bank va Investors Bank ushbu xabarni izohlashdan bosh tortgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid