Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markaziga yaponiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi
10 mart kuni Nukusdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazida Yaponiya delegatsiyasi vakillari – Kioto universiteti profescori, Suv resurslarini o‘rganish markazi mutaxassisi Kenji Tanakani va Toxoku universiteti dotsenti, sun'iy yo‘ldosh kuzatuvi bo‘yicha mutaxassis Yoshiya Toge bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yapon delegatsiyasini Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari hududiy vakolatxonasi rahbari, professor Kristina Toderich qabul qildi.
Uchrashuv Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari hududiy vakolatxonasining dasturi doirasida Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazining ishlab chiqarish maydonida bo‘ldi. Yaponiyalik mehmonlar Xalqaro innovatsion markazi ko‘chatxonasida yetishtirilayotgan tuzga va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar nihollarini ko‘zdan kechirishdi.
Yaponiyalik olimlar Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari bo‘yicha hududiy vakolatxonasi rahbari, professor Kristina Toderich ishtirokida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Jumladan, Mo‘ynoq tumanida gidrometeopost tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, Orol dengizining qurib qolgan tubidagi sho‘r tuproqdan tuz va gerbetsidlarni chiqarib tashlashga yordam beruvchi texnologiyani yaratish hamda muqobil energiya hisobidan ishlovchi issiqxona qurish imkoniyatlari muhokama etildi.
Mavzuga oid
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
20:03 / 08.11.2024