Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori toifaga talabgor o‘qituvchilar uchun test sinovlari grafigi ma'lum bo‘ldi
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb hunar ta'limi muassasalarining birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur toifalar, lavozimlarga talabgor pedagog kadrlar uchun Respublikamiz hududlarida bo‘lib o‘tadigan onlayn test sinovlari grafigi tasdiqlandi. Bu haqda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, malaka test sinovlari joriy yilning 25 mart kunidan 1 aprelga qadar davom etadi.
«Pedagog kadrlar attestatsiya jarayonlari va o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining pka.tdi.uz sayti orqali kuzatib borishlari mumkin», — deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, joriy yilning 4-9 mart kunlari pedagog kadrlarni attestatsiyasi Toshkent shahrida onlayn test tarzida tashkil etildi.
Mavzuga oid
22:20 / 11.01.2026
Mehnat inspeksiyasi: “Xorijiy til o‘qituvchilari huquqlari buzilmoqda - bu qonunga zid!”
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
16:35 / 05.01.2026