Shvetsiyalik maktab o‘quvchisi Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi
Shvetsiya va norvegiyalik siyosatchilar shvetsiyalik 16 yoshli o‘quvchi qiz Greta Tunbergni ekologik harakatga qo‘shgan hissasi uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatishdi. Bu haqda Aftonbladet nashri xabar berdi.
Shvetsiyalik deputatlar Yyens Xolm va Xokan Svenneling hamda norvegiyalik parlament vakillari Freddi Andre Ovstegord, Mona Fageros va Lars Xaltbrekken ana shunday tashabbus bilan chiqishdi.
«Greta boshlagan harakat butun sayyoramiz ishi uchun muhim hissa hisoblanadi», — deya qayd etgan Ovstegord.
Tunberg o‘tgan yil avgustida Stokgolmdagi parlament binosi oldida «maktab ish tashlashi» boshlaganidan so‘ng omma e'tiboriga tushdi. U har juma kuni parlament oldida turib siyosatchilarni atrofga zaharli moddalar chiqarishni qisqartirish bo‘yicha Parij shartnomasini bajarishga chaqirdi.
Fevral oxirida Tunberg Berlinda o‘tkazgan namoyishda 4 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. U BMTning iqlim masalalari bo‘yicha konferensiyasi va Davosdagi Jahon iqtisodiy forumiga taklif etildi. Shvetsiya OAV Tunbergni yil ayoli deb e'tirof etishdi.
Bu yil tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 300dan ortiq nomzod ko‘rsatilgan bo‘lib, ular orasidan kimlar yakuniy ro‘yxatga tushgani ma'lum qilinmagan. Nobel qo‘mitasi qoidasiga ko‘ra, nomzodlar va ularni tanlab oladigan qo‘mita a'zolari haqidagi ma'lumotlar 50 yil davomida oshkor qilinmaydi.
Mavzuga oid
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
10:56 / 03.11.2024