Şvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg Isroil rahbariyati uni qandalalar bor kameraga qamab qöygani, yetarliça oziq-ovqat va suv bermayotgani haqida şikoyat qilgan. Bu haqda Tunbergning Şvetsiya rasmiylari bilan yozişmalaridan xabardor bölgan The Guardian naşri xabar bermoqda.

Şvetsiya elçixonasi diplomati Tunberg saqlanayotgan kameraga borgan. Uning Şvetsiya Taşqi işlar vazirligiga yuborgan elektron xatida aytilişiça, Tunberg «şafqatsiz munosabat haqida gapirib bergan va qattiq joyda uzoq vaqt ötirişiga töğri kelgani»ni aytgan. «U [Tunberg] degidratatsiya (suvsizlaniş) haqida xabar berdi. Unga yetarliça suv va oziq-ovqat berişmagan. Şuningdek, u özida toşma paydo bölganini, uni qandalalar keltirib çiqargan deb gumon qilganini aytdi», – deb yozadi diplomat.

Bundan taşqari, yozişmaga köra, qölga olinganlardan boşqa biri Isroil xavfsizlik kuçlari Tunbergni Isroil bayroğini kötargan holda suratga tuşişga majbur qilişganini aytgan.

​Malayziyalik faol Hazvani Helmi va amerikalik Vindfild Biver esa Tunberg «Isroil bayroğini öpişga majburlangani»ni aytişgan.

«Bu fojia edi. Ular bizga hayvonlardek munosabatda bölişdi», degan Helmi ularga toza suv, oziq-ovqat va dori-darmon berilmaganini ta’kidlab.

​Italiyalik jurnalist Lorenzo Agostino ham Tunbergga nisbatan munosabatni tanqid qildi.

«Greta Tunberg – jasur qiz. U atigi 22 yoşda. Uni xörlab, Isroil bayroğiga örab, ğalaba ramzidek körsatişdi», deydi u.

Tunberg Global Sumud Flotilla (GSF) flotiliyasi bilan Ğazoga yöl olgan 437 nafar faollar, parlamentariylar hamda huquqşunoslar orasida edi. Isroil TIV flotiliya falastinliklarning Hamas guruhiga aloqadorligini aytgan.

1 oktyabr kuni Isroil flotiliyaning yöli tösib qöyilganini xabar qildi, 3 oktyabr kuni esa faollarning tört nafari mamlakatdan çiqarib yuborilgani, 4 oktyabr kuni yana 137 kişi Istanbulga deportatsiya qilingani haqida xabar berildi.