«Aniq aytaman: bu genotsid» - yordam flotiliyasi faollari Isroilning noinsoniy munosabatlari haqida gapirib berdi
|22:04 / 07.10.202512 48811 min
Foto: FMT NewsFoto: FMT News
«Men inson qanday qilib bunçalik yovuz bölişini heç qaçon tuşunmayman. Siz millionlab odamlarni ataylab oçlik va qamalda qoldirasiz», dedi Isroildan deport qilingan iqlim faoli Greta Tunberg. U qölga olingan eng maşhur yölovçi sifatida Isroil bayroğini öpişga majbur qilingan. Bundan taşqari «Global Sumud» flotiliyasining ispaniyalik faollari ham «uyqusizlik, kaltaklaniş va qafasga qamaş» kabi noinsoniy şaroitlarda saqlanganini aytdi.
Isroil 6 oktyabr kuni şved iqlim faoli Greta Tunbergni ham öz içiga olgan 171 kişini mamlakatdan çiqarib yubordi. Şu tariqa Isroil tomonidan qölga olingan 479 kişidan jami 341 nafari deportatsiya qilindi. Ular Ğazo blokadasini buzib, yordam yuklarini yetkazişga uringan «Global Sumud Flotillasi» iştirokçilari edi.
Gretsiya Taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, 161 nafar faol, jumladan, 27 nafar yunon fuqarosi va yana 20 ga yaqin mamlakat vakillari duşanba kuni Afinaga uçib kelgan. Afinada keng jamoatçilik va faollar Tunbergni va flotiliyaning boşqa a’zolarini olqişlar bilan kutib oldi.
«Bu genotsid» – Greta
22 yoşli şved ekologik faoli Greta Tunberg duşanba kuni ilk bor omma oldida çiqiş qilib, Isroilda hibsda bölgan paytda «kaltaklangani va Isroil bayroğini öpişga majbur etilgani» haqida xabar berilganini eslatdi.
«Bizga nisbatan bölgan tazyiqlar va qamoqdagi azoblar haqida uzoq gapirişim mumkin, işonavering. Ammo bu hikoya biz haqimizda emas», dedi Tunberg öz çiqişida.
U sözini davom ettirib, Isroilning Ğazodagi harakatlarini «jonli efirda sodir bölayotgan genotsid» deb atadi:
«Aniq aytaman: bu – genotsid. Hozir heç kim ʼbiz bilmadikʼ deb ayta olmaydi. Heç kim bu voqealardan bexabar emas».
GRETA THUNBERG FULL SPEECH IN GREECE AFTER BEING ABDUCTED BY ISRAEL
“Thank you to all of you who are keeping an eye on the flotilla & sharing our content” pic.twitter.com/ldS6ZJsL8Y
Tunberg Isroilni «boşidan keçayotgan genotsid va keng kölamli vayronagarçilikni ataylab kuçaytirayotgan»likda ayblab, bu «butun xalqni yöq qilişga qaratilgan harakat» ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
«Biz Ğazodan, Kongodan, Sudandan, Afğonistondan – bu tizimning qurboniga aylangan barça joylardan köz uzmasligimiz kerak. Biz qilayotgan narsa – eng minimal insoniy burçimiz. Men inson qanday qilib bunçalik yovuz bölişini heç qaçon tuşunmayman. Siz millionlab odamlarni ataylab oçlikda qoldirasiz, ularni noqonuniy qamal ostida azobga solasiz — bu önlab yillarda bölayotgan zulm va aparteidning davomi», deya Gretaning sözlarini keltirmoqda Anadolu naşri.
Foto: Reuters
Şuningdek, u “Global Sumud” flotiliyasini «falastinliklar bilan xalqaro birdamlik namoyişi» deb atadi. Uning sözlariga köra, Isroil Ğazoga gumanitar yordamni kiritişni tösib, xalqaro huquqni buzgan:
«Bizning Isroil tomonidan hibsga olinib, qamoqqa taşlanişimiz — öz hukumatlarimiz aybi. Davlatlar genotsidda hamkorlik qilmaslik böyiça huquqiy majburiyatga ega, BMT komissari ham buni tasdiqladi,» dedi u.
Tunberg Isroilning «genotsid uçun heç qanday daxlsizlikka ega emasligini» ta’kidladi. Şved faollar esa Tunberg hibsda bölgan paytda «unga Isroil bayroğini kiydirişganini» aytişdi. Ular oziq-ovqat va dori vositalaridan ham mahrum etilganini, buyumlari olib qöyilganini bildirişdi.
Boşqa faollar Isroildan norozi
Reuters naşrining yozişiça, Şveytsariya va ispaniyalik faollar ham Isroilda hibsda bölgan paytda «insoniy bölmagan şaroitlarga» duç kelganliklarini aytişdi. Şveytsariyaga qaytgan töqqiz nafar iştirokçi «uyqusizlik, suv va ovqat tanqisligi, kaltaklaniş va qafasga qamaş» holatlarini bayon qilgan.
Foto: Reuters
«Ular bizni urişdi, yerda sudrab yurişdi, közimizni boğlaşdi, qöl-oyoğimizni boğlab, qafaslarga tiqişdi va haqorat qilişdi», dedi ispaniyalik yurist Rafael Borrego.
Flotiliyada Barselona sobiq meri Ada Kolau ham bölgan. «Bizga nisbatan zöravonlik böldi, lekin bu – falastinliklarning har kuni boşidan keçirayotgan azoblariga nisbatan heç narsa emas», — dedi u.
Yevropa demokratiya himoyaçisi sifatidagi rolini bajaradimi?
Italiyalik Yevropa parlamenti deputati Benedetta Skuderi ham duşanba kuni Strasburgda bölib ötgan Yevropa Parlamenti yalpi sessiyasida çiqiş qilib, özi va yuzlab xalqaro faollar Isroil tomonidan hujumga uçragani, hibsga olingani va kamsituvçi şaroitlarda saqlanganini ma’lum qildi.
Skuderining aytişiça, u va yana tört nafar Yevropa Parlamenti a’zosi — jami 400 ga yaqin faol bilan birga Ğazoga gumanitar yordam olib ketayotgan «Global Sumud» flotiliyasi tarkibida bölgan. Isroil harbiylari ularning kemalariga xalqaro suv hududida hujum qilib, ularni Aşdod portiga majburan olib borgan.
🇪🇺🇮🇱🇵🇸 FLASH
« Moi et 400 personnes dont 4 membres de ce parlement ont été kidnappés par Israël(…) nous avons été emmenés de force (…) ce que nous avons vécu n’est qu’un aperçu de ce que les Palestiniens vivent chaque jour. »
Deputatning sözlariga köra, u va boşqalar qamoqda oziq-ovqat, suv, uyqu va dori-darmonlardan mahrum etilgan, ba’zilari esa jismoniy zöravonlikka duç kelgan.
«Biz tinç, gumanitar maqsad bilan yölga çiqqan edik. Ğazo aholisi oçarçilik va qamal ostida azob çekmoqda. Biz esa insonparvarlik burçimizni bajardik», – dedi Skuderi.
U Yevropa institutlarini xalqaro huquq va inson qadr-qimmatini himoya qilişda sustkaşlikda aybladi: «Biz siyosatçilar bajarişi kerak bölgan işni qildik. Ular sukut saqladi – biz esa harakat qildik».
Yevropa parlamenti deputati Benedetta Skuderi
Foto: AP
U Yevropa Ittifoqini demokratiya va inson huquqlarining himoyaçisi sifatidagi rolini ado etişga çaqirdi hamda Isroilning flotiliyaga hujumi va noqonuniy hibsga oliş holatlari böyiça parlament muhokamasini oçişni talab qildi. Biroq Skuderining partiyasi – «Yaşillar» guruhi tomonidan ilgari surilgan bu taklif Yevropa Parlamenti tomonidan rad etilgan. «Yevropa, agar u inson huquqlarini himoya qiluvçi bölişni da’vo qilsa, bu jinoyatlarga jim qarab tura olmaydi», — dedi Skuderi nutqi yakunida.
Gollandiyalik faollar qiynoq haqida ma’lumot berdi
Gollandiyalik inson huquqlari faollari Ğazo blokadasini buzişga uringan «Global Sumud» flotiliyasida qatnaşgani uçun Isroil tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solinganini aytişdi.
Tört nafar gollandiyalik faol Ispaniya orqali Niderlandiyaning Amsterdam-Sxipxol aeroportiga yetib keldi. Ularning qaytişiga Niderlandiya elçixonasi ularga yordam körsatgan.
«Payşanba kuni ertalab bizni Isroil askarlari öğirladi. Ular xalqaro suv hududida kemamizga bostirib kirişdi. Biz Ğazoga yetib borib, noqonuniy qamalni buzmoqçi edik. Tört askar kemaga çiqib, bizni oldingi qismda ötqazdi, keyin esa Isroilga olib ketişdi», dedi faol Ruz Ikema.
Niderlandiyaga qaytgan faollar aeroportda kutib olinmoqda / Foto: EPA
Uning sözlariga köra, hibsda ular quyoş ostida ovqatsiz, suvsiz, dori-darmonsiz qoldirilgan:
«Ba’zilar kaltaklangan. Endi biz Isroildan deportatsiya qilingan birinçi kişilardanmiz», — dedi Ikema. «Men Ğazo qamalini buzişni xohlagandim, lekin işonçim komil, biz töxtamaymiz. Yana kemalar yölga çiqadi va Falastin ozod böladi».
Yana bir faol, Muhammad Abu Nosir ham hibsdagi şafqatsiz munosabatlarni tasvirlab berdi:
«“Global Sumud” Flotiliyasi tinç yöl bilan yölga çiqqan edi, lekin bizga juda yomon muomala qilişdi. Dastlabki ikki kun suv berişmadi, keyin ovqatni ham kam va tartibsiz tarqatişdi».
Ularning aytişiça, faollar quyoş nuri köriş, yuriş yoki advokat bilan uçraşiş imkonidan mahrum etilgan.
Foto: SunOnline
«Ba’zilar insulin kabi dori vositalariga muhtoj edi, ammo heç qanday javob bölmadi. 16 ta kameradan yordam söralgan, lekin heç kim çiqmagan. Bir iştirokçining hayoti xavf ostida edi», — dedi Abu Nosir. U şuningdek, isroillik askarlar qölga olinganlarga irqçilik munosabat qilganini aytgan.
«Teri rangi töqroq yoki musulmon, arab millatiga mansub odamlarni sababsiz kameradan olib çiqişardi. Biz qayerga olib ketişayotganini bilmasdik. Falastinlik fuqarolar esa yanada yomonroq munosabat kördi. Qöllarimiz orqamizga kişanlandi, közlarimiz boğlandi, nafas oliş qiyin edi», deydi.
Şunga qaramay, Abu Nosir va boşqa faollar qat’iy ohangda köproq kemalar, köproq odamlar bilan Ğazo qamalini buziş uçun qaytişini aytmoqda.
Isroil ayblovlarni rad qildi
Isroil Taşqi işlar vazirligi bu ayblovlarni «butunlay yolğon» deb rad etdi. Bayonotda barça hibsdagilarga «suv, oziq-ovqat va tibbiy yordam berilgani hamda ularning qonuniy huquqlari töliq ta’minlangani» aytildi.
Şuningdek, Isroil hukumati flotiliya hibsga olinganidan keyingi qiynoqlar haqidagi barça xabarlarni «butunlay soxta» deb atadi.
«Barça hibsdagilarga suv, oziq-ovqat va hojatxonadan foydalaniş imkoniyati berilgan. Ular advokat bilan boğlaniş huquqidan ham foydalangan», - deyiladi Isroil TIV Reutersʼga bergan bayonotida.
Foto: Isroil Taşqi işlar vazirligi
«Global Sumud» flotiliyasi ötgan oyda Ğazoga yordam yetkaziş va Isroilning dengiz blokadasini buziş uçun yölga çiqqan edi. Isroil armiyasi flotiliyaga hujum qilib, undagi 40 dan ortiq kemalar va 500 ga yaqin faollarni noqonuniy hibsga oldi.
Bu – Ğazoga insonparvarlik yordamini yetkaziş uçun hozirgaça yölga çiqqan eng yirik xalqaro flotiliya bölgan.