Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an S-400 Turkiyaga qachon yetib kelishini aytdi
Foto: REUTERS
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Haberturk telekanaliga intervyuda ma'lum qilishicha, shu yilning iyul oyida Rossiya S-400 zenit raketa komplekslarini Turkiyaga yetkazib berishni boshlaydi.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Rossiyaga tegishli S-400’ni sotib olish masalasi «hal qilib bo‘lingan». Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim yakuniga yetkazilgani to‘g‘risida AQSh prezidenti Donald Trampni ham xabardor etgan.
Bundan oldin, AQSh S-400 tufayli Turkiyaga «jiddiy oqibatlar» bilan tahdid qilgandi.
Pentagon rasmiy vakili Erik Pexonning qayd etishicha, Vashington Turkiyaning o‘z havo hujumidan mudofaa tizimini yaxshilash istagini tushunadi, ammo S-400’ni sotib olish Anqaraning AQSh va NATO bilan hamkorligiga cheklovlar qo‘yadi.
Mavzuga oid
00:30
Erdo‘g‘an Eronga qilingan hujumlarni qoraladi
16:55 / 27.02.2026
«Chirigan jasad izidan» – O‘zbekistonda o‘ldirilgan Turkiya fuqarosining qotillari qanday topildi?
21:05 / 26.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
16:09 / 25.02.2026