“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturiga muvofiq, O‘zbekistonda xorijiy va mahalliy investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat-xususiy sektori asosida investitsion loyihalarni amalga oshirishda xorijlik investorlarga hamrohlik qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va har bir viloyatda Investorlarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini ochish to‘g‘risidagi taklifi mana shunday chora-tadbirlardan biri bo‘ldi.
Davlat rahbarining ko‘rsatmasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Markaziy Bank bilan hamkorlikda “Tijrotat banklarining 2019 yilda investitsiya faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan «yo‘l xaritasi»ni tasdiqladi. Undagi ustuvor vazifalardan biri, moliyaviy muassasalar qoshida Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazlarini tashkil etishdir.
Bunday tushuncha mavjud emas “Davlat-xususiy sherikchilik” degan tushuncha mavjud.

O‘zmilliybank tomonidan «yo‘l xaritasi»da qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va respublikaning 12 viloyatida Investorlarni qo‘llab-quvvatlash markazlari ochildi. Ularning asosiy vazifasi investitsion muhitni yanada yaxshilash, biznesni tashkil etish uchun institutsional infratuzilamalarni takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari uchun xizmat sifatini tubdan yaxshilash hisoblanadi.
Yangi Investorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi nimalar bilan shug‘ullanadi?
· Birinchidan, bank va hududning investitsion imkoniyatlari haqida ma'lumotlar to‘plash hamda ulashish.
· Ikkinchidan, investorlarga konsultatsiya berish, mahalliy hamkorlarni izlashga yordam berish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ruxsatnomalar olishda ko‘maklashish va boshqa xizmatlar.
Markazning yana bir muhim vazifalaridan biri – loyihalarni birgalikda olib borish va ularni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish.














