Ozarboyjon prezidenti 400dan ortiq mahkumni afv etdi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 400dan ortiq mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekdi. Tegishli hujjat prezident saytida joylashtirildi.
Farmoyishga ko‘ra, 399 mahkum ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazoning o‘talmay qolgan qismidan, 11 kishi shartli qamoq jazosidan, 3 kishi axloq tuzatish ishlaridan, 12 kishi jarima ko‘rinishidagi jazodan afv etilgan bo‘lsa, umrbod ozodlikdan mahrum qilingan uch kishining jazosi 25 va 20 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan.
Afv etilganlar orasida iqtisodiy jinoyatlar uchun 2007 yilda 11 yilga qamalga sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Ali Insanov bor. 2016 yilda u giyohvand moddalar saqlash va hukumat vakiliga qarshilik ko‘rsatishda ayblanib yana yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bundan tashqari, afv etilganlar ro‘yxatida qator muxolifatchilar, jumladan Gezel Bayramli va Fuad Gaxramanli, "Nida" yoshlar tashkilotining ikki a'zosi bor.
Mavzuga oid
14:26
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
22:20 / 08.11.2024