Jahon | 23:52 / 17.03.2019
22860
2 daqiqa o‘qiladi

Venesueladagi iqtisodiy inqiroz kutilmagan natijaga olib keldi

Foto: Rodrigo Abd / AP

Venesueladagi iqtisodiy inqiroz kutilmagan oqibatlarga olib keldi – mamlakatda bosqinchiliklar va pul undirish maqsadida odamlarni o‘g‘irlash jinoyatlari kamaydi. Endilikda mamlakatda kam odam o‘zi bilan dollar olib yuradi, milliy valuta esa shunchalik qadrsizlanib ketganki, jinoyatchilarga “non qolmagan”. Bundan tashqari, o‘qlar qimmatlashib ketgan, avtomobil va mototsikllar uchun ehtiyot qismlarni sotib olish qiyinligi sababli jinoyatchilar piyoda yurishga majbur. 

Venesuela hukumati anchadan beri jinoyatchilik bo‘yicha statistikani e'lon qilmay qo‘ygan. Prezident Nikolas Maduro tuzumi buni uning raqiblari bu ma'lumotlar yordamida hukmron sotsialistik partiyani yomonotliq qilishni istashlari bilan tushuntiradi. Bundan tashqari, ko‘pchilik jabrlanuvchilar politsiyaga ishonmaganlari sababli unga murojaat qilmay qo‘yganlar. 

Biroq vaziyat ortidan kuzatuvchi mutaxassislar mamlakatda jinoyatchilikning anchagina kamayganini ma'lum qilmoqdalar. Observatorio Venezolano de Violencia (OVV) notijorat tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki yilda qotilliklar soni 19 foizga kamaygan. Biroq aytish joizki, Venesuelada qotilliklar darajasi hanuzgacha dunyodagi eng yuqorilaridan biri bo‘lib qolmoqda, bu yerda 100 ming kishiga 81,4 ta qotillik sodir etiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid