Jahon | 14:44 / 18.03.2019
12341
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi aviabazada "yer-havo" toifasidagi raketa portlab ketdi

Foto: youtube.com/South Korean Military Channel

Janubiy Koreyadagi aviabazada "yer-havo" toifasidagi raketa tasodifan parvoz qilish oqibatida portlab ketdi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar berdi.

Hodisa Kanvondo provinsiyasidagi Chxunchxon aviabazasida yuz bergan. "Chxongun" raketasi rejali texnik tekshiruv vaqtida kutilmaganda havoga ko‘tarilgan. Xabarda aytilishicha, raketa nazorat tizimida nosozlik yuz bergan hollarda o‘z-o‘zini yo‘q qilishga dasturlangan.

"Qurbonlar yoki yetkazilgan zarar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q. Biz hodisa sababini aniqlash uchun tezkor guruh tuzdik", - dedi Janubiy Koreya HHK vakili.

Ochiq manbalardagi ma'lumotlarga ko‘ra, "Chxongun" raketasi 40 kilometrgacha masofaga parvoz qiladi va 15-20 kilometr balandlikdagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid