Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida uch nafar bosqinchi qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining Piskent tumanida shu yil 16 martga o‘tar kechasi 3 nafar noma'lum shaxs yuziga niqob kiyib, temir bo‘lagi va pichoq bilan qurollangan holda Navoiy mahallasida yashovchi F.A.ning uyiga bostirib kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular F.A.ning birga yashovchi o‘g‘li B.A.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uning yuziga urib, tan jarohati yetkazib, uyidan 4 300 000 so‘m puli va aksessuarlarini olib voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy mahallasida yashovchi Z.S., O‘rtachirchiq tumani Galabotir mahallasida yashovchi S.J. va Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi M.M. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026