Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, Özbekiston öz hayotiga nuqta qöyişga uriniş körsatkiçi böyiça jahonda 104-örinda turadi, aniqroq qilib aytganda, har 100 ming kişidan 9tasi bu işga qöl uradi. Şuningdek, bunday xatti-harakat asosan 15-29 yoş oraliğidagi avlod vakillarida kuzatilişi qayd etilgan.

Özbekiston Boş prokuraturasi taqdim etgan ma'lumotga köra, 2018 yilda voyaga yetmaganlarning öz joniga qasd qiliş holatlari 2017 yilga qaraganda 10taga kamaygan. 

Lekin holatning asosiy sabablari — özgalarga ta'sir ötkaziş istagi, oiladagi kelişmovçilik, ota-onaning xorijga işlaş uçun ketganligi oqibatidagi soğinç, işqiy munosabatlar, sodir etgan nojöya qilmişidan uyaliş, şa'n va qadr-qimmatning kamsitilişi kabi maişiy va hal etiş mumkin bölgan omillar ekanligini inobatga olsak, inson öz hayotini barbod qilişga arzimaydi.

Özbekistonda ösmirlar orasidagi suitsidga ayni paytda ta'lim muassasalarida psixolog mutaxassislarning rolini oşiriş orqali yeçim izlanmoqda. Xususan,

  • maktablarda psixolog ştatlarini öquvçilar soniga muvofiq 1 nafardan 3 ştat birligigaça oşiriş;
  • ular uçun alohida dastur asosida malaka oşirişi kurslarini taşkil etiş;
  • oliygohlarda «sotsial psixologiya» yönalişi böyiça kadrlar tayyorlaşni yölga qöyiş; 
  • yuqori sinflari öquv dasturiga “Oila psixologiyasi” fanini kiritiş; 

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Taşxis markazida muammosi mavjud voyaga yetmaganlar va yoşlar uçun anonim işonç telefoni va maslahatxona taşkil etiş kabilar belgilangan.

Ammo faqatgina psixolog yordamini kuçaytiriş bilan muammo hal böladimi? Hammasiga balogardon Xalq ta'limi vazirligimi?

Maktab öquvçilari orasida öz joniga qasd qiliş holatlari qayd etilganda, an'anaviy qaraşga muvofiq, Xalq ta'limi vazirligi hodisaga boş aybdor sifatida köriladi: ular bolaga töğri tarbiya bermagan, öz vaqtida boxabar bölmagan.

Vaholanki, bu faqatgina ta'lim muassasasining roli bilan hal böladigan masala emas.

«Suitsid oila, bolaning tibbiy holati, ijtimoiy holati va maktabga boğliq holda yuzaga keladi. Afsuski, jamiyatimizda oila bolani faqatgina moddiy ta'minlaş funksiyasi bilan çeklanyapti, tarbiya majburiyati maktablar çekiga tuşmoqda.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotiga köra, MDH davlatlarida suitsidni korreksiyalaş vazifasi psixolog yelkasiga yuklab qöyilgan. Aslida bu masala psixologiyaning obekti emas. Bu psixiatriyaning muammosi», — deydi Xalq ta'limi vazirligi xodimi, ruhşunos Akobir Abdullayev.

Mutaxassisning sözlariga köra, ba'zi xastaliklar odamda çuqur depressiyani keltirib çiqaradi. Masalaga yondaşuvda fiziologik holatlarni ham inobatga oliş kerak.

«Muammo bilan köproq ijtimoiy instansiyalar şuğullanyapti, vaholanki bunga tibbiy munosabati ham lozim. Masalaning koordinatori Soğliqni saqlaş vazirligi bölişi kerak. Psixiatrlar xizmatini yölga qöyiş lozim», — deya ta'kidlaydi ruhşunos.

Hamma gap axborot tarqatuvçilardami?

Yoşlar örtasida salbiy xarakterdagi xulq-atvorning sabablari haqida söz yuritar ekan, Öquvçi va yoşlar taşkilotlari bilan işlaş boşqarma boşliği örinbosari Akobir Abdullayev quyidagi fikrlarni ilgari surdi:

– Ommaviy axborot vositalarida suitsid haqidagi axborotlarning berilişi ösmir ruhiyatiga aks ta'sir körsatadi.

Saytda yoritilayotgan xabarlarda arqon, balandlikda turgan bola, qon, dori kabi suratlar ilova qilinadi. Bunday demonstratsiya ruhiyati inqiroz ostonasida turgan odamga noqobil qaror uçun ipmuls berişi mumkin. Bunday axborotni uzatişda sözlarni töğri qöllay oliş ham juda muhim. «Suitsid» degan sovuq sözning örniga «deviant xulq-atvor», «öziga zarar yetkaziş» kabi neytral xarakterli sözlardan foydalaniş kerak. Ommaviy axborot vositalarida bu nozik masalaning yoritilişi tartibini qat'iy işlab çiqiş lozim».

Sotsiolog Zavqiddin Gadoyev esa ommaviy axborot vositalari bu muammoga jamoatçilik e'tiborini qaratişi kerakligini ta'kidlaydi.

«OAV axborot uzatiş orqali jamiyatga közini közini kattaroq oçiş kerakligini uqtiradi, yeçim izlaşga undaydi. U oçib berayotgan muammolarning yeçimi tomon butun jamiyat birgalikda harakatlanişi, ilmiy-tadqiqot institutlari bu masala bilan şuğullanişi kerak. Öquvçi özini ossa, maktab direktori, sinf rahbari, ma'naviyatçi işdan ketadi. Bu bilan nima özgaryapti? Masalaga ilmiy yondaşa olişimiz, töğri xulosa çiqara olişimiz kerak», — deydi u.

Diniy immunitet mavjudmi?

«Inson umri – tarozi. Uning bir pallasida aql, ikkinçisida esa din turadi». Faylasuf Artur Şopengauerning mazkur iqtibosi hayotda diniy bilimlarga ega böliş aqlli böliş kabi ahamiyatga egaligini körsatadi. Muhimi, bu ikkisi örtasidagi oltin me'yorni saqlab qola olişdir.

Fikrimizça, din haqida yetarliça tuşunçalarning şakllanmasligi, hayotiy immunitetni hosil qilişda dinning roli pastligi ham ösmirlarda turli muammolarga qarşi kuraşuvçanlik hissining yöqligiga sabab böladi.

«Maktabda din ilmiy tomondan tuşuntirilişi kerak. Diniy aqidalarni esa uyda ota-ona örgatişi kerak. Lekin aksariyat ota-onalarning özida bu masalada yetarliça tasavvur mavjud emas», — deydi sotsiolog Zavqiddin Gadoyev.

Aholining katta qismini musulmonlar taşkil qiluvçi Özbekistonda  kuzatilayotgan öz joniga qasd qiliş holati, aslida, Islom dinida qattiq qoralanadi. Xususan, özini öldirgan odamga janoza ham öqilmasligi dinda körsatilgan. Şunga qaramay, diniy ulamolarning yoşlar, voyaga yetmaganlar bilan muloqoti sustligi yuqoridagi hodisalarni keltirib çiqarmoqda.

Ruhiy inqirozdagi ösmirni qanday taniş mumkin?

«Ming afsuski, sönggi paytlarda «ösmir» va «suitsid» sözlari birga yuradigan juftlikka aylanib boryapti. Suitsidga qöl urmoqçi bölgan ösmirda asosiy maqsad öz qadrini oşiriş. U ölim jarayonini uzoq davom etadigan uyqu sifatida tasavvur qiladi, hamma noxuşliklar ötib ketgaç uyğonaman, degan öyda böladi», — deydi amaliyotçi ruhşunos Sevara Jonuzoqova.

Mutaxassisning ma'lumot berişiça, kuçli ruhiy inqiroz ostonasida turgan ösmirni bir qança taşqi belgilar orqali «taniş» mumkin. Xususan:

– uyqusizlik;

– iştahaning yöqolişi yoki aksinça köp ovqat yeyiş;

– holsizlik, sababsiz oğriqlardan şikoyat qiliş;

– taşqi körinişiga haddan ortiq köp e'tibor qaratiş;

– köproq yolğiz qolişga intiliş;

– ölim bilan boğliq mavzularda köp gapiriş;

– kelajak uçun rejalarning yöqligi;

– uydan qoçişga urinişlar;

– öziga zarar yetkazişni ifodalovçi rasmlar, yozuvlarni tasvirlaş;

– sababsiz yiğlaş, qöpol muomala;

– şaxsiy buyumlarini boşqalarga tarqatiş.

«93 foiz holatda ösmirni bu yöldan qaytarib qoliş mumkin böladi. Faqatgina undagi salbiy özgarişlarni öz vaqtida payqay oliş va mutaxassislik yordamini töğri körsata oliş lozim», — deya ta'kidlaydi ruhşunos.

Kim aybdor: ota-onami yoki maktab?

Ösmirlar hayoti muammolari haqida gap ketganda darrov aybdorni izlaşga tuşib qolamiz: Xalq ta'limi vazirligi, mahalla, ota-ona... Kaltak birinçi navbatda ta'lim muassasasi rahbariyatining boşida sinadi. Ayrim vaziyatda ösmir bilan yuz bergan salbiy hodisaning sababi etib marhumning öqituvçisi yo döstlari tomonidan haqorat qilingani, kaltak yegani asos qilib keltiriladi. 

Bu borada mutaxassis sotsiolog Zavqiddin Gadoyev quyidagi fikrlarni bildirdi:

– Ösmirlarning öz joniga qasd qiliş darajasiga yetib kelişiga jamiyat aybdor. Suitsidning asosiy sababi jamiyat taşkil qilgan qadriyat va an'analar. Mohiyati mavhum an'analarga yopişib olganmiz. Sotsiologiyada har bir yoş davri özining alohida psixologik xususiyatga egaligi belgilanadi. Lekin jamiyat qaysi yoşda kimga qanday muomala qiliş kerakligini bilmaydi. Bolaga mana bundoq, ösmirga esa mana bundoq gapiriş kerak, degan tuşunça mutlaqo mavjud emas. Jamiyat bolani şaxs sifatida tan olmaydi. Ular eşitilmaydi. «Yöq, mumkin emas», degan taqiq bizda juda kuçli. Nega aynan ötiş davrida suitsid holatlari köp kuzatiladi? Çunki bitta şapaloq, bitta olib berilmagan köylak, rad etilgan muhabbat ham ösmirning öta nozik ruhiyatiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin.

Bu davrda har bir köriladigan film, öqiladigan kitob öziga xos xarakterga ega bölişi kerak. Ammo aslida nima bölyapti? U qanday axborotni qay tarzda qabul qilayotganligi bilan heç kimning işi yöq.

Ösmirni ota-onasi jyerkadi. Öqituvçining esa u bilan şuğullanişga vaqti yöq. Sinflarda 40dan ortiq öquvçi ötiradi. Bunda bola bilan qanday qilib individual şuğullaniş mumkin?! Muammo kompleks ildiz otganmi, demak, uning yeçimiga ham majmuaviy yondaşiş kerak».

Ösmir yoşidagi avlodning öz hayotiga vaqtli nuqta qöyişga urinişi faqatgina keçaning yoki bugunning muammosi emas. Ertaga ham bu mavzu öz-özidan hal bölib qolmaydi. Ammo bizga ayon bölgan masalaning ayrim jihati şu böldiki, qoğoz va hisobotda bolaning «xöjayini», unga qayğurişi lozim taşkilot, instansiya va sub'yektlar köp, amalda ularning foydali işi, natijasi yöqdek.