Ispaniya hukumati 16 yoşgaça bölgan ösmirlar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlaşni körib çiqişni rejalaştirmoqda. Bu haqda boş vazir Pedro Sançes ma’lum qildi.

Madrid bolalarning Twitter, TikTok va Instagram kabi platformalardan foydalanişiga çeklovlar qöymoqçi, deb xabar berdi Bloomberg. Taqiqqa rioya qiliş uçun hukumat platformalardan yoşni tekşirişni joriy etişni söraydi.

«Ijtimoiy tarmoqlar qonunlarga amal qilinmaydigan, jinoyatlarga toqat qilinadigan, dezinformatsiyani haqiqatdan ustun qöyiladigan, foydalanuvçilar nafrat bilan hujum qilinadigan barbod bölgan davlatga aylandi. <...> Bolalarimiz heç qaçon yolğiz qoliş uçun möljallanmagan makonga tuşib qoldi... Biz endi bunga çidaş niyatida emasmiz. <...> Biz ularni raqamli Yovvoyi Ğarbdan himoya qilamiz», dedi Sançes Dubayda bölib ötgan Butunjahon hukumat sammitida.

Ispaniya boş vaziri sözlariga köra, kelgusi haftadayoq rasmiylar ijtimoiy tarmoqlar rahbariyatini noqonuniy kontent tarqatiş va nafrat uyğotiş uçun javobgarlikka tortişni nazarda tutuvçi taşabbusni ham körib çiqadi.

Sançes, şuningdek, Ispaniya Raqamli sohada köngillilar koalitsiyasiga (Coalition of the Digitally Willing) qöşilişini e’lon qildi. Uning aniqlik kiritişiça, unga allaqaçon oltita davlat kiradi, ammo aynan qaysilari - noma’lum. Koalitsiya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga soliş masalasida Yevropa Ittifoqi doirasida transçegaraviy hamkorlikni ta’minlaşi kerak.

Ötgan hafta Fransiya parlamentining quyi palatasi 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaşni qöllab-quvvatladi. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, reja böyiça taqiq yangi öquv yili boşidan - 2026 yil 1 sentabrdan kuçga kirişi kerak. Dekabr oyida Avstraliyada 16 yoşgaça bölgan ösmirlar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlagan dunyodagi birinçi davlat bölgan edi. Avvalroq Buyuk Britaniya ham bunday imkoniyatni körib çiqayotgani xabar qilingandi.