Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brexit’ni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani 900 mingga yaqin britaniyalik imzoladi
Buyuk Britaniya hukumatidan YeI tarkibidan chiqmaslik talab qilingan petitsiya 890 mingdan ortiq ovoz to‘pladi, deb xabar berdi Interfaks.
"Britaniya hukumati YeIdan chiqish xalq xohishi ekanligini bir necha bor bayonot berdi. Biz xalq Buyuk Britaniyaning YeIda qolishini qanchalik kuchli qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatib, bu bayonotni yo‘qqa chiqarishimiz kerak", - deyiladi petitsiyaga izohlarda.
Mamlakat parlamenti endi ushbu petitsiyani munozaralarga olib chiqish masalasini ko‘rib chiqadi, chunki petitsiya 100 mingdan ortiq ovoz to‘plagan.
Brexit 29 martga mo‘ljallangan. Shundan so‘ng, Meyning rejasiga ko‘ra (ushbu reja Britaniya parlamenti tomonidan rad etilgan) Buyuk Britaniyada 2020 yil 31 dekabrgacha o‘tish davri amal qiladi.
15 mart kuni Britaniya parlamenti deputatlari Brexit’ning 29 martdan kechroq muddatga ko‘chirilishi uchun ovoz berdilar. Brexit sanasi ko‘chirilishiga 412 deputat ovoz bergan, 202 nafari qarshi chiqqan.
Endi sananing ko‘chirilishi bo‘yicha Yevropa Ittifoqining qolgan 27 a'zosi kelishib olishi lozim.
Mavzuga oid
23:05 / 13.02.2025
Daniyada Kaliforniyani sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo to‘pladi
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
18:51 / 13.08.2024
Qozog‘istonda onlayn kreditni taqiqlash bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi
21:05 / 03.10.2023