O‘zbekiston | 19:00 / 24.03.2019
5692
2 daqiqa o‘qiladi

TIVdagi yig‘ilishda Xorazm viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini oshirish masalasi muhokama qilindi 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev TIVda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan bajarilishining amaliy jihatlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Hisob palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJ vakillari va Xorazm viloyati hokimligi rahbarlari ishtirok etdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni, Malayziya va Turkmanistondagi elchilari videoaloqa orqali Xorazm viloyatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi va zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan aniq investitsion loyihalar bo‘yicha hisobot berdilar.

Yig‘ilishda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini oshirish va buning uchun zarur sharoitlarni yaratish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid