Joriy yil avvalida Kun.uz saytida Toşkent şahrida qadimiy xazina topilgani haqida xabar qilingandi. XIX asrda qurilgan imoratlardan birining yaşirin yertölasida qidiruv işlari davomida topilgan xazina 80 yillar muqaddam yöqolgani, uning hozirgi qiymati 1 million dollardan ortiqligi aytilgandi.
Keyinroq, xazina topilgani haqida birinçi bölib ma'lumot bergan ÖzMUning kimyo fakulteti 4-kurs talabasi Muhammadbobur Yusupov xazinaning topilişi tarixi va izlanişlar davomida yana qadimgi buyumlar topilişi mumkinligini aytib ötdi.

Boş prokuratura esa bu xazina böyiça bergan ma'lumotida aslida heç qanday xazina topilmaganini ma'lum qildi. Unga köra, keltirilgan topilmalarning aksariyati XIX asrga mansub bölib, ularning deyarli barçasi Özbekiston Milliy universitetining muzeyi xodimi Muhammadbobur Yusupov tomonidan sönggi 2-3 yil davomida universitetdagi professor olimlardan muzey uçun olingan, uşbu aşyolarda ularning universitetga tegişliligini tasdiqlovçi muhrlar mavjudligi, xabarlarda aytilgan 8 kg oltin esa aslida mavjud emasligi aniqlangan.
Kun.uz muxbiri şunday topilmalar böyiça ma'lumotga ega malakali mutaxassislar bilan suhbat uyuştirdi. Qatağon qurbonlari muzeyi va Alişer Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyidagi tajribali olim, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Sirojiddin Ahmad savollarga javob qaytardi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
─ Topilgan buyumlarning asllik darajasi va tarixiy ahamiyati haqida nima deya olasiz?
─ Muhammadbobur Yusupov olib borayotgan işlar ilmiy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga ega. Öz izlanişlarida şu kungaça örganilmay qolib ketgan yoki davr taqazosi bilan tarix sahifasidan nomlari unutilgan şaxslar faoliyatini örganiş masalasida ham katta işlar amalga oşirildi.

Bulardan hammaga ma'lum va maşhuri Aleksandr Eduardoviç Şmidt, Semyonov yoki birinçi özbek agronom olimi Abduvahhob Murodiyning faoliyatiga bir nazar taşlasak yetarli. Bajarilgan işlar qançalik muhim va tarixiy-ilmiy nuqtai-nazardan qançalik katta ahamiyatga egaligini his etamiz. Hozir köp tafsilotlar haqida aytmay, birgina faktga e'tiborni tortaman. Milliy universitetning Biologiya fakultetida dars bergan milliy kadrlardan biri Abduvahhob Murodiy hisoblanadi. U 1927 yilda Germaniyadagi qişloq xöjaligi akademiyasini bitirib kelgan. Bu inson akademik Şreyder qöl ostida işlagan. Paxta seleksiyasi bilan şuğullangan. Nafaqat, paxta seleksiyasi bilan, balki öşa davrdagi mavjud siyosiy tuzumning tazyiqi bilan amalga oşirilgan jamoa xöjaligini taşkil qilişda öziga xos usul qöllagan. Kimsasiz, milliy kadrlar yöq, qurol-aslaha yöq, juda ham qoloq şaroitda jamoa xöjaligini taşkil qila olgan.
Qatağon qurbonlari muzeyiga topşirilgan mikroskop atoqli olim Abdurahmon Murodiyning öz qöli bilan foydalangan mikroskopidir. Bu mikroskopda u paxta seleksiyasiga oid bölgan kimyoviy tahlillarni va tuproqşunoslik böyiça tahlillarni örgangan. Mana şu kiçkina misolning özi ham qilingan işlar tarixiy, ilmiy va siyosiy jihatidan katta ahamiyatga egaligini körsatadi. Bu buyumlarni inkor qilganlar kelib, körib tuşuna olsalar edi, özlarini özlari inkor qilgan bölar edi. Bunday işlar uçun pokiza qalb, keng yurak, katta bilim va mardlik kerak, xolos. Bu topilmalar ilmning qadriga yetadigan, zarşunos odamlar foydalanadigan tarixiy aşyolardir. Bu topilmalarni biror ölçov bilan ölçab bölmaydi.

─ Muzeylarga qöyişga arzirli buyumlar bormi?
─ Albatta. Muzeyda hozir saqlanayotgan ossuariylar, ya'ni suyakdonlarni olaylik. Nihoyatda qadimgi topilma bu. Taxminan V asrlarga töğri keladi. Bu ötgan asrning 20-yillarida universitet muzeyiga yoki ilmiy-tadqiqot markaziga bekordan-bekorga borib qoladigan narsa emas. Şmidt, Semyonov va boşqa olimlar ongsiz, yengil tuşunçaga ega insonlar emas. Ular dunyo miqyosidagi olimlar bölişgan. Ular dunyo miqyosida ahamiyatga ega bölgan buyumlar bilan şuğullanişgan. Buni heç qaçon unutmaslik, inkor etmaslik lozim. Şu sababli, bu narsalar tarixiy nuqtai nazardan bebaho hisoblanadi.
─ Tanga va kitoblar haqida nima deysiz?
─ Bu buyumlarni bir söz bilan tuşuntiriş mumkin. Zar qadrini zargar biladi. Agar inson öz sohasining zargari bölmasa, uning qadriga yetmaydi. Uning uçun oddiy narsa bölib qolaveradi. Öşa buyum böladimi yoki aşyo böladimi, hujjat böladimi yoki bir oddiy muhr böladimi buning farqiga boriş kerak. Buning uçun katta bilim kerak. Agarda fors va arab tilidan bexabar bölsa, u muhrga bosilgan sözlarni öqiy olmaydi. Masalan, Xudoyorxonning muhri özgaça körinişda, bodomnusxa bölgan. Muhammadalixonning (Nodirabegimning öğli) muhri ham öziga xos bölgan. Bular ilmiy jihatidan juda katta ahamiyatga ega. Ularning muhri bosilgan hujjatlarçi?! Bularni dunyoning istalgan şarqşunos olimlarining oldiga olib boring, köziga surtib qabul qilib oladi. Muhammadalixonning kiçkina bir yorliğini olaylik. Bu tarixiy jihatidan juda qimmatli topilma. Bu işlarga Özbekistondagi haqiqiy bağrikeng, haqiqiy ilmiy insonlar kömak berişi kerak. Ilmli odam ilmni hayotbaxş vositaga aylantiradi.

─ Bu kim uçundir qimmatli, kim uçundir oddiy buyum bölib qolaveradimi?
─ Men sizga yana aytaman. Bu topilmalar mamlakatimiz tarixi uçun, millatimiz hayoti uçun nihoyatda qimmatbaho darajadagi aşyolardir. Buni inkor qilib bölmaydi.
─ Aşyolar içida qimmatbaholigi böyiça darajasi qaysilarida balandroq?
─ Hamma narsada darajada böladi. Masalan, öşa ossuariylarni oladigan bölsak, biror joydan topa olasizmi öşaning bitta parçasini? Öşandagi yozuvning bir parçasini qança odam öqiy olar ekan? Uni tor mutaxassislar öqiydi. Yetakçi mutaxassislar öqiy oladi. Oddiy odamga u oddiy çiziq bölib körinaveradi. Zar qadrini zargar biladi. U avvalo zarşunos qöliga tuşişi kerak. Şuning uçun, buni keng jamoatçilik qöllab-quvvatlaşi kerak. Ayniqsa, ilmiy jamoatçilik. Milliy universitet rahbariyati bu narsaga juda katta e'tibor bilan qaraşi kerak. Öşanda bu umumxalq mulkiga aylanadi. Universitetning obrösini dunyo miqyosida kötaradigan maskanga aylanadi. Milliy madaniyatning taraqqiyotini xohlamaydigan, milliy madaniyatga nigilistik qaraş bilan qaraydigan odamlarga heç narsaning qadri yöq.

─ Rasmiy xabarda topilmalar bahosi örganilmoqda deyilgan. Balki, haqiqiy bahosi çiqib qolar?
─ Mana masalan, xodimning qölida teplovoz bor. Ötgan asrning 20-yillarida işlangan, adaşmasam. Hozir şuni biror zavodga olib borsangiz, şunaqa nusxadan bitta yaratib bering desangiz. Şuni yasab bera olişadimi?
─ Demak, bularni örganadigan mutaxassislar borligi ham söroq ostidami?
─ Albatta. Çunki, bizda keyingi davrlarda mutaxassislarimiz tarqalib ketdi. Köp sohalar böyiça kamayib ketdi. Yoşi kattalar bu dunyodan ötib ketişdi. Yoşlarimiz kelyapti, lekin hali u darajaga çiqişga ança vaqt bor. Bu işlar şaxsiy obro‘-e'tibor uçun, manfaat uçun emas. Milliy universitetning boyligini dunyo miqyosida körsatib, mamlakatimiz obro‘-e'tiborini kötariş, xolos. Tarixiy asarlarni öz xalqimizga yetkaziş. Bu masala yaxşi tarafga özgarişidan umidvormiz. Umid qilamizki, bir mutaxassis sifatida respublikamiz rahbariyati, universitet rahbariyati qadriga yetadi va yaxşi işlarga yöl oçiladi.
Taniqli madaniyat xodimi bilan suhbatdan söng, topilmalar orasidagi kitoblar va boşqa yozma hujjatlarning bahosi böyiça manbaşunos olim bilan uçraşdik. Bu topilmalardan bir qismini örganayotgan adabiyotşunos olim, filologiya fanlari nomzodi Otabek Jörayev bizga quyidagilarni ma'lum qildi.

─ Yaqinda Toşkentdan topilgan nodir topilmalar xazina sifatida baholanyapti. Men bir matnşunos, manbaşunos sifatida haqiqatan ham uşbu nodir topilmalarni millatimizning ma'naviyati, ajdodlarimizning merosini örganişda juda muhim va qiymatli ekanligini alohida ta'kidlamoqçiman. Avvalambor, uşbu manbalar nimadan iborat? U yerda aniqlangan juda köplab moddiy aşyolar bor. Mutaxassislik nuqtai-nazaridan faqatgina u yerdagi qölyozmalar haqida ma'lumot berib ötsam. Bu qölyozmalar XX asrning 20-40-yillari oraliğida professor Şmidt va Semyonov tomonidan yiğilgan. Ular nihoyatda maşhur va nuktadon olimlar bölişgan. Ular ma'lum bir tizim asosida, ma'lum ilmiy yönaliş asosida tadqiqotlarning rejasi asosida işlaşgan. Bu hujjatlar va kitoblar nimalardan iborat? Avvalambor, u yerda xalqimizning tarixi, ma'naviyati va ilmiy merosiga oid juda köplab nodir manbalarga guvoh bölamiz. Jumladan, u yerda Qur'oni karimning nodir nusxalari, Sahih Buxoriyning nodir nusxalari, tariximizga oid bölgan manbalar, «Tarixi Roqimiy»ning eng mukammal nodir nusxalari, Alişer Navoiy Xamsasining hali fanga kiritilmagan noyob nusxasi, şuningdek, XVIII-XIX asrdagi özbek davlatçilik tarixiga oid arxiv hujjatlarga duç keldik.

Şmidt va Semyonov xonlik hujjatlarini yiğişga kirişgan. Masalan, qölimizda aynan öşa kolleksiyaga mansub hujjat bölib, menga örganib çiqiş va bu haqida xulosa qiliş uçun berilgan. Bular asliyatdir.
Qölimizdagi yana bir hujjat Qöqon xoni Muhammadalixonning (Madalixon) vaqf hujjati bölib, xon muhri bilan tasdiqlagan. Bu yerda hujjat imzolangan vaqt ham körsatilgan, hijriy 1228 yili deb yozilgan. Yana bir hujjat esa Şeralixonning şunday bir madrasani vaqf qilib bergani haqida.
Navbatdagi hujjat esa Buxoro amiri Nasrullo tomonidan taqdim etilgan vaqf hujjati bölib, tasdiqlovçi muhri ham bor. Bu hujjatlar hammasi ham tarixiy, ham huquqiy tarixni örganiş, ham manbalarni örganiş nuqtai-nazaridan muhim. Nega? Avvalambor, vaqf hujjati degani, avvalgi asrlarda madrasalarda toliblarni öqitiş qay yösinda bölgan, ularni moddiy rağbatlantirişdan tortib to hozirgi til bilan aytganda stipendiyasi, mudarris va mutavallilarning moddiy ta'minoti manbai nima bölganini vaqf hujjatlari isbotlaydi va körsatib turadi.

Madrasaning faoliyati qay yösinda bölişi kerakligi ham köpinça ta'kidlanadi. Demak, şu hujjatlarga köra, biz millatimiz tarixi, millatimizning ma'naviyati, xalqimizning ötmişdagi ziyoli qatlami darajasini ham, saviyasini ham örganamiz. Hozirgi kundagi hujjatlarga köra, biz millatimiz tarixi, millatimizning ma'naviyati, xalqimizning ötmişdagi ziyoli qatlamning darajasi, ilmiy saviyasini ham örganamiz. Ya'ni, hozirgi kundagi manbaşunoslik ilmi faqatgina qölyozmalarni örganişning özi bilangina çeklanib qolmaydi. Manbaşunoslik jamiki ijtimoiy, hattoki aniq fanlarning asosidir. Çunki, matnning sahihini örganmasdan, fanga taqdim etmasdan turib biz heç vaqt aniq ilmiy xulosalarga kela olmaymiz. Agar bu hujjatlar tarixçi olimlar, manbaşunoslarning diqqat markazida bölib, özlarining tadqiqotlariga bu yerdagi masalalarni ham tortişsa, faqat boyiydi. Prezidentimiz taşabbusi bilan Özbekiston tarixi köpjildligini tayyorlaş haqida körsatmalar bölyapti. Hattoki, Özbekiston tarixi telekanali taşkil qilinmoqda.
Topilmalar haqida aytadigan bölsak, men özimdagi manbalarga tayanib bu topilmalarni haqiqatan xazina deyişim mumkin.

─ Topilmalar orasida Zangiotaning şajarasi keltirilgan manbalar ham bor deyildi. Şu gap rostmi?
─ Arxiv hujjatlari va vaqf hujjatlari orasida şajaralar bor. Şajaralar turli xil böladi. Masalan, nasab şajara, avlod şajara, irşod şajara. Irşod şajarasi bu tasavvufga taalluqli bölib, ya'ni qaysi bir şayx qodiriya tariqatimi, naqşbandiya tariqatidami keyinçalik özidan murid yetiştiriş uçun özidan avvalgi şayx yoki piri, peşvosidan hujjat, hozirgi til bilan aytganda diplom oladi. Öşa payt tili bilan bu – irşod deyiladi. Ya'ni, raşid – töğri yölga boşlaş uçun noma hisoblanadi. Şu irşod şajara deyiladi.
Avlod şajarasi – ma'lum maşhur odamlarning öz nasabi haqida bölib, uzoq ötmişdagi şajarasi kimligini tasdiqlovçi hujjatdir. Bunda qozilarning muhri böladi. Masalan, şunday şajarani kördik. Unda Zangiotaning onasi, otasi, ajdodlari haqida ham ayrim qaydlar bor.
─ Bu topilmalar katta muzeylarni boyitişi mumkinmi?
─ Uşbu materiallar avvalo sinçiklab örganilişi kerak. Ya'ni, buni mutaxassislarga manbaşunos olimlarga, ulamolarga, keng olimlar muhokamasiga qöyiş kerak. Munosib baho berilişi kerak. Şundagina masala oydinlaşadi. Bunday iş uçun heç qaysi olim öz mehnatini ayamaydi, aksinça öz rağbati bilan yondaşadi.
Bahodir Ahmedov suhbatlaşdi












