Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodimlari Toshkentda propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshka davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 69-band qo‘shildi:
“69. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi”.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
Bundan oldin, DTM xodimlari Toshkentda propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgandi.
Mavzuga oid
13:59 / 07.05.2026
Toshkentdagi avtobuslarda bugundan boshlab konditsionerlar yoqilmoqda
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
11:15 / 06.05.2026
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
07:58 / 06.05.2026