Jahon | 08:54 / 28.03.2019
13024
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Rossiyaga qarshi NATOning yangi choralarini e'lon qilmoqchi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Vashington kelgusi hafta Rossiyaga qarshi Ukraina tufayli NATO yangi choralari e'lon qilinishiga umid bildirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.
«Biz Rossiyaning Qrimdagi harakatlariga javob qaytarishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar seriyasi haqida e'lon qilishimiz mumkin», - dedi Pompeo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Qrim atrofidagi vaziyat bo‘yicha yetarlicha ish qilmayapti.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington yarim orol bilan bog‘liq vaziyatni «tuzatish» niyatida.
Bundan oldin, Poroshenko Qrimni Ukrainaga qaytarish bo‘yicha rejani ochiqlagandi.
Mavzuga oid
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024