Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar bilan işlaşni yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan “Xorijdagi vatandoşlar bilan işlaşni taşkil etiş hamda xorijiy mutaxassislar, şu jumladan vatandoşlarimizni Özbekiston Respublikasiga jalb etiş tartibi” tasdiqlanişi mumkin.

Bildirilişiça, mazkur Tartib Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 25 sentyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasini taşkil etiş töğrisida” PF-5545-sonli farmoniga muvofiq işlab çiqilgan bölib, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasining xorijdagi vatandoşlar bilan işlaş va xorijiy mutaxassislarni, şu jumladan, malakali vatandoşlarni Özbekiston Respublikasida faoliyat olib borişlari uçun jalb etiş reglamenti va uni amalga oşiriş mexanizmlarini belgilaydi.

Jamğarma birinçi navbatda quyidagi toifadagi vatandoşlar bilan işlaşni taşkil etişga e'tiborni qaratadi:

nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot, ta'lim va tibbiyot muassasalari, iqtisodiyot yetakçi tarmoqlari, ayniqsa yirik transmilliy kompaniyalar va xalqaro taşkilotlarda boy ilmiy va amaliy tajribaga ega bölgan;

xorijdagi nufuzli ta'lim va ilmiy tadqiqot markazlarida tahsil olayotganlar;

tadbirkorlik faoliyatida boy tajribaga ega, xususiy kompaniyalarning egalari va aksiyadorlari, şuningdek, aksionerlik jamiyati yoki xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotganlar.

Jamğarmaning xorijdagi vatandoşlar bilan işlaşni taşkil qiliş va xorijiy mutaxassislarni, şu jumladan vatandoşlarni Özbekiston Respublikasiga jalb etiş borasidagi faoliyatining asosiy vazifa va yönalişlari quyidagilardan iborat:

boy ilmiy va amaliy tajribaga ega, nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot, ta'lim va tibbiyot muassasalarida, ayniqsa iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlari, işlab çiqariş va yangi innovatsion texnologiyalarni qöllaş sohalarida faoliyat olib borayotgan vatandoşlar bilan aloqalarni örnatiş;

mamlakatlar va mutaxassisliklar kesimida kataloglaştirilgan boy ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoşlarning elektron reyestri (ma'lumotlar bazasi)ni yuritiş, uşbu reyestrdan davlat organlarining kadrlar xizmati tomonidan foydalaniş va onlayn tarzda qidiriş imkoniyatini yaratiş;