Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xorijda istiqomat qilayotgan Vatandoşlar xalqaro forumini taşkil etiş va ötkaziş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça, 2019 yil 27-29 iyun kunlari Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar iştirokida Samarqand şahrida xalqaro forum ötkaziladi.
Quyidagilar:
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar iştirokida Samarqand şahrida xalqaro forumga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi;
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar iştirokida Samarqand şahrida xalqaro forumga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlanadi.
Taşkiliy qömita (Abduhakimov)ga:
Forumning “Yöl xaritasi”ga muvofiq amalga oşirilayotgan tadbirlarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasining veb saytiga joylaştirib boriş, internet tarmoğida, ijtimoiy tarmoqlarda Forum faoliyatini keng yoritib boriş;
Forumga taşrif buyurgan vatandoşlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot işlari bilan şuğullaniş, turli xalqaro ilmiy loyihalar, innovatsion jarayonlarda faol qatnaşişi yuzasidan tegişli takliflar tayyorlaş;
Forumga taşrif buyurgan vatandoşlar orasidan Özbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagini bildirgan, investitsiya kiritişi bilan boğliq istak va talablarini çuqur örganiş hamda zarur şaroitlar yaratib beriş vazifalari yuklatiladi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi “El-yurt umidi” jamğarmasining buyurtmalariga asosan Forumga taşrif buyuruvçi vatandoşlar uçun Özbekiston Respublikasiga kiriş vizalarini Özbekiston Respublikasining çet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalarida, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida konsullik va boşqa yiğimlarni undirmasdan rasmiylaştirilişini ta'minlaydi.
“Özbekiston temir yöllari” AJ va «Uzbekistan Airways» AJ “El-yurt umidi” jamğarmasi buyurtmasiga asosan Forum iştirokçilari uçun temir yöl hamda aviaçiptalarni band qiliş hamda ularga yuqori sifatda transport xizmatlari körsatilişini ta'minlaydi.












