Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ilk bor davlat ramzlarini tahqirlash haqidagi qonun qo‘llandi
Rossiya bosh prokuraturasi ilk bor davlat ramzlarini tahqirlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik haqidagi qonunni qo‘lladi.
Bosh prokuratura Roskomnadzordan Yaroslavl ommaviy axborot vositalaridan Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi haqoratomuz graffiti haqidagi yangilikning o‘chirilishiga erishishni talab qilgan.
Yangi qonunga ko‘ra, bosh prokuratura Roskomnadzorga “Putin haqidagi ma'lumot o‘chirilmasa, uni tarqatuvchi axborot resurslariga kirishni cheklash talabi bilan” murojaat qilishi kerak bo‘lgan.
O‘chirilgan xabarlarda 31 martga o‘tar kechasi Yaroslavl ichki ishlar boshqarmasi binosida paydo bo‘lgan graffiti haqida gapirilgan. Binoning ustunlarida Putin nomiga haqoratli so‘zlar qoldirilgan bo‘lgan. Yaroslavlning bir nechta nashri ushbu xabarni o‘chirib tashlagani, biroq Roskomnadzordan hech qanday rasmiy so‘rov olmaganini ta'kidlab o‘tgan.
Yaroslavldagi nashrlardan biri “Yarkub” ularga bu haqda Roskomnadzorning talabi kelib tushganini tasdiqlagan. “Roskomnadzor bizdan yangilikni o‘chirishni ikki marta so‘ragan. Dastlab materialni yarim tungacha olib tashlash iltimosi bilan maktub yo‘llangan, so‘ngra bosh muharrir telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘lgan”, deb ma'lum qilgan nashr.
Putin tomonidan 18 martda imzolangan jamiyat, hokimiyat organlari va davlat ramzlarining internetda tahqirlanishi haqidagi qonun mart oxirida rasman kuchga kirgan. Uning bajarilishi uchun prokuratura Roskomnadzor bilan birga javob beradi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026