Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda burg‘ilashga doir qator loyihalar amalga oshiriladi
Surhan Gas Chemical Operating Company bilan Surxondaryo viloyatida o‘n besh quduqni burg‘ilashga doir ikki shartnoma imzolandi. Burg‘ilash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishga oid ochiq tanlov savdolarida Eriell kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.
Rejaga ko‘ra, burg‘ilash ishlarini amalga oshirish muddati - 2019-2020 yillar.
Rekord darajadagi qisqa muddatda Surxondaryo hududiga olti burg‘ilash qurilmasi yetkazib berildi, shulardan to‘rttasi grafikdan ilgarilab burg‘ilash ishlarini boshlab yubordi. Bugunga kelib umumiy hisobda 6 ming metrdan ortiq hudud burg‘ilangan.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun Eriell Italiya, Meksika, RF, XXR va Kanadaning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan zarur uskunalar va materiallarni xarid qilishga doir shartnoma imzoladi.
Surxondaryo viloyatidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» O‘zbekistondagi eng murakkab hududlardan biri bo‘lgani bois geologik va konseptual gidrodinamik modellarni qurishga Halliburton kompaniyasi jalb etildi. Servis pudratchilari sifatida esa soha yetakchilari hisoblangan kompaniyalar ishtiroki ta'minlanmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026