MIB gaz korxonasidagi «o‘yinlar»ni fosh etdi
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan bir nechta fuqarolarning gaz uchastkasi xodimlarning qilmishlari yuzasidan murojaatlari o‘rganildi.
Xususan, fuqaro B.Sh.ni tumanlararo gaz uchastkasi xodimi M.A. tabiiy gazdan qarzi borligini, to‘lamasa tarmoqdan uzishini, jarimaga tortishini aytib qo‘rqitadi va 2 mln. 352 ming so‘m pulini olib ketadi.
Oradan o‘n kun o‘tib, turmush o‘rtog‘i S.O‘.ning nomiga rasmiylashtirilgan to‘lov pattalarini beradi. Lekin to‘lov iste'molchining hisob-raqamiga kelib tushmaydi. Mazkur holat bo‘yicha fuqaro B.Sh. M.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.
O‘tkazilgan tekshirishda to‘langan 2 mln. 352 ming so‘mni M.A. shaxsiy manfaati uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘ldi. Aslida esa to‘lov pattasi berilgan bo‘lsa-da, abonent hisob-raqamiga kelib tushmagan. S.O‘.ning qarzdorligini gaz uchastkasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat kompyuterlar orqali hisobdan chiqarib yuborgan.
Shuningdek, “Nayman” mahallasida yashovchi Yo.N.ning 5 mln. so‘m qarzdorligini gaz uchastkasi xodimi J.P. 300 AQSh dollari evaziga xizmat kompyuterlar orqali qarzdorlikni hisobdan chiqarganligi aniqlanadi.
Bundan tashqari, gaz uchastkasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat kompyuterlar orqali maxsus dasturdan foydalanib, Majburiy ijro byuroning tuman bo‘limi monitoring va hisob sho‘'basi xodimlariga biriktirilgan parol orqali hech qanday hujjatsiz, noqonuniy ravishda 81 nafar iste'molchilarning 227,6 mln. so‘mlik qarzdorligini olib tashlaganligi hamda 124 nafar iste'molchilarning shaxsiy hisob-varaqlariga qo‘shimcha ravishda 194,6 mln. so‘mlik qarzdorlik asossiz kiritilganligi fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan M.A., J.P. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v”,“g” bandlari va 278-4-moddasi 2-qismi “a”,”b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Past Darg‘om tuman prokuraturasiga yuborildi.
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024
Alimentdan qochib yurgan otani “ilintirgan” xodim – MIB operatsiyasi tafsilotlari
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024