Jizzaxda skanerlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali korxona barpo etiladi
4 aprel kuni International Aerospace Committee (IAC) va “Raqamli ishonch” Jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va rivojlantirish hamda kelishilgan maqsadlar doirasida ma'lumotlar almashinuvini o‘rnatishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Memorandum doirasida birinchi loyihalardan biri Shveytsariyaning Tudor Tech texnologiyalari transferi bo‘lishi mumkin. Tudor Tech - samolyotlar va transportning boshqa turlarini rentgen bilan skaner qiluvchi uskunalar ishlab chiqaruvchi jahondagi birinchi va yagona kompaniya hisoblanadi.
Texnologiya portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, giyohvand moddalar va naqd pullarni noqonuniy o‘tkazish hollarini aniqlash bo‘yicha samarali vosita hisoblanadi va keltirib o‘tilgan tahdidlarni 100 foiz aniqlash imkonini beradi.
“O‘tkazilgan uchrashuv doirasida Jizzax viloyatida skanerlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona barpo etish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilindi. Ishlab chiqariladigan skanerlar nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyoda aeroportlar xavfsizligini ta'minlaydi”, deyiladi xabarda.
Mazkur loyihani amalga oshirishda International Aerospace Committee (IAC) kompaniyasi “Raqamli ishonch” Jamg‘armasiga Shveytsariyadan investitsiyalarni to‘liq miqdorda jalb etish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi.
Tomonlar O‘zbekistonda aviatsiya, koinot, energetika va yer resurslari sohasida yuqori texnologiyali loyihalarga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha birgalikda ishlarni olib borish to‘g‘risida kelishib oldilar. Bundan tashqari, Memorandumdagi vazifalarni amalga oshirishda tajriba va ma'lumotlar almashish, o‘zaro konsultatsiyalar o‘tkazish ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
-
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi
Jahon | 13:32
Mavzuga oid

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

20:05 / 09.04.2025