Jamiyat | 11:16 / 11.04.2019
9091
2 daqiqa o‘qiladi

MIB 2 mln so‘m talab qilgan gaz idorasi xodimini ushladi

Illyustrativ foto

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘ztransgaz” AJ Shahrixon tumanlararo gaz ta'minoti uchastkasi xodimi A.A. fuqaro D.A.ning yashash xonadoniga tortilgan gaz quvurini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab, tabiiy gaz yetkazib berish uchun 2 mln. 30 ming so‘m to‘lov borligini aytib, ushbu pullarni talab qilgani aniqlangan. 

Aslida bu xizmat uchun 18 ming 587 so‘m to‘lov mavjud bo‘lsa-da, xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro D.A.dan 2 mln. so‘mni olayotgan vaqtda gaz ta'minoti xodimi A.A. kimyoviy ishlov berilgan dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan MIBning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan 19 mart kuni fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qism “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid