Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Ruminiyadagi Markaziy Osiyo bo‘yicha konferensiyada qatnashadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo bo‘yicha “Barqaror taraqqiyot uchun mushtaraklik” mavzuidagi yuqori darajali konferensiyada ishtirok etish uchun Ruminiyaga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, konferensiya 15-16-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Buxarest shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Ruminiya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Danut Nekulayesku, kichik va o‘rta tadbirkorlik, savdo va ishbilarmonlik muhiti vazirligi davlat kotibi Gabriyela Vosilya hamda konferensiyada ishtirok etuvchi boshqa delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
17:49 / 02.06.2026