O‘zbekiston | 15:08 / 14.04.2019
12894
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari yakunlandi

Sharqiy harbiy okrug xududida joylashgan barcha qo‘shinlar hamkorligidagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni boshchiligida hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish, razvedka va boshqa muhim ma'lumotlarni tezkor almashish, shuningdek ishtirokchi bo‘linmalarning real vaqt mezonlari asosida samarali va yagona boshqaruvini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. 

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlarning amaliy qismi harbiy okrug hududida joylashgan poligonlar hamda toifalangan obektlarda real sharoit va vaziyatlarga imkon qadar yaqinlashtirilgan holda o‘tkazilishi uchun sharoitlar muhayyo etildi. 50 ga yaqin bo‘linmalar marsh uyushtirdi, 200 kvadrat kilometrga yaqin hududda yerdan va havodan razvedka ishlari olib borildi. 60 ga yaqin shartli amaliy mashqlar hamkorlikda bajarildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quvlarda ishtirok etgan Mudofaa vazirligi toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi shaxsiy tarkibi tomonidan uchta viloyatdagi o‘ta muhim obekt va inshootlarning qo‘riqlanishi kuchaytirilgan tizimda olib borildi. Qo‘riqlanayotgan o‘ta muhim obektlarda shartli mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

Hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarining yana bir amaliy jarayoni Sharqiy harbiy okrugi Farg‘ona dala-o‘quv maydonida davom etdi. Uni Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi mas'ul ofitserlari kuzatib borishdi. Mashg‘ulotlarda davlat chegarasi himoyasini kuchaytirish, ehtimoliy chegara buzilish holatlarini tezkor aniqlash va bartaraf etish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda kuch tuzilmalari bilan hamkorlikdagi harakatlari namoyish etildi.

Mashg‘ulotlar yakunida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tomonidan rag‘batlantirildi.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid