Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschiga qarshi ringga chiqadi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangi qachon bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Unga ko‘ra, sportchimiz 19 aprel kuni meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga chiqadi. Bo‘lajak qarama-qarshilik AQShning Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli Karlson shu paytgacha 28 bor jang olib borgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut) va 5 bor mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan. Murodjon Ahmadaliyev esa 5 bor ringga ko‘tarilib, ularning barchasida zafar quchgan.
Qayd etilishicha, jang Toshkent vaqti bilan 20 aprel kuni tong payti boshlanadi.
Bundan oldin, Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi bilan jang qilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026