Rio Olimpiadasi çempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan Fazliddin Ğoibnazarovning navbatdagi raqibi aniq böldi.
Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, 11 may kuni ötadigan boks oqşomida Ğoibnazarov amerikalik Maykl Foksga qarşi jang olib boradi. Uşbu qarama-qarşilik Arizonada ötişi belgilangan.
Maykl Foks şu yilning 15 fevral kuni boşqa bir boksçimiz Şohjahon Ergaşevga qarşi ringga kötarilib, faoliyatidagi birinçi mağlubiyatini qabul qilib olgandi. Ta'kidlaş joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida ğalaba qozongan.

Foto: SHOWTIME Boxing
“Biz bölajak bahsga jiddiy hozirlik körmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi ğalabam bilan barça boks muxlislarini xuşnud etaman”, – dedi Fazliddin Ğoibnazarov.
Eslatib ötamiz, Ğoibnazarov şu paytgaça professional boksda 7 bor jang ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongan.

















