Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In to‘satdan havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarini tekshirdi
Foto: REUTERS
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining Harbiy havo kuchlari va havo hujumiga qarshi qo‘shinlari 1017-sonli harbiy qismiga e'lon qilinmagan tashrif bilan kelib, uning jangovar tayyorgarligini tekshirish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Markaziy telegraf agentligi xabar tarqatdi.
Ta'kidlanishicha, bazaga kelgan Kim Chen In «navbatchi qiruvchi samolyotlar parvoz qilishi va havoda qiyin hamda murakkab jangovar operatsiyalarni bajarishi haqida buyruq bergan». Shimoliy Koreya yetakchisi to‘satdan o‘tkazilgan tekshiruvga havo janglari ogohlantirishsiz olib borilishi bilan izoh berdi.
Agentlikdan qayd etishlaricha, uchuvchilar barcha parvoz operatsiyalarini «mohirona va aniq» bajarishgan.
Bundan oldin, Kim Chen In harbiy kuchni mustahkamlash va atom energetikasini rivojlantirishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
16:31 / 25.02.2026