Jahon | 14:00 / 13.04.2019
11963
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In harbiy kuchni mustahkamlash va atom energetikasini rivojlantirishga va'da berdi

Foto: Reuters/KCNA

Shimoliy Koreya harbiy kuchini mustahkamlaydi va atom energetikasini rivojlantiradi. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen In ma'lum qildi.

Shimoliy Koreya yetakchisi KXDR Oliy xalq majlisi sessiyasida nutq so‘zladi, uning to‘liq matni shanba kuni Janubiy Koreyaning «Ryonxap» agentligi tomonidan e'lon qilindi.

«Elektr energetikasi sohasida istiqbolli energiya resurslari, jumladan, gidroenergetika, suv energiyasi va atom energiyasi quvvatlarini ishlab chiqish hamda ko‘paytirish zarur», - dedi Kim Chen In.

Shu tariqa, u o‘z mamlakati yadroviy ishlanmalardan butunlay voz kechmasligini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «tinchlikni faqatgina kuchli harbiy qudratimiz bilan ta'minlashimiz, o‘zini o‘zi himoya qilish tamoyiliga sodiq qolishimiz va bundan keyin mamlakat mudofaasini mustahkamlashimiz kerakligini doimo hisobga olish kerak».

«Mudofaa kuchi - respublikamiz suverenitetini himoya qilishning mustahkam kafolati. Bugun Koreya yarim oroliga yetib kelayotgan tinchlik nafasi kuchli narsa emas, dushman kuchlarining respublikamizga qarshi agressiv fikrlari esa yo‘qolmadi», - deya qayd etib o‘tdi KXDR yetakchisi.

U mamlakat hukumatini «birinchi navbatda xalq armiyasini mustahkamlash va butun mamlakatni qal'aga aylantirish, o‘zini o‘zi himoya qilish prinsipini imkon qadar ko‘proq amalga oshirish, mudofaa sanoatini modernizatsiya qilish hamda davlatning mudofaa qudratini doimiy ravishda oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni ta'minlash»ga chaqirdi.

Bundan oldin, Kim Chen In Tramp bilan uchinchi sammitga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid